Muhammad as-Sadaqiy
adib
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
(Abul Fath) Muhammad ibn Ismoil ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn Hafsiya al-Marvaziy as-Sadaqiy (hijriy 517-yilning safar oyi (milodiy 1123-yil)da vafot etgan) — Marv ahlidan chiqqan adib. U Sadaqa ibn al Fazl dahasida yashagan. Usul al-lug‘atda keng qamrovli bilimga ega bo‘lib, bu usullarni yodlagan edi. U vasfiga yetib bo‘lmaydigan darajada ko‘p shogirdlar yetkazgan. Hurmat-eʼtiborli kishilarning aksar farzandlariuning shogirdlari jumlasidan edi. G‘oyatda uzoq umr ko‘rgan bu inson haqidagi rivoyatlar chor atrofga tarqalgan. U ko‘plab [olim]]lardan hadislar rivoyat qilgan bo‘lib, o‘z navbatida, undan ham ko‘plab olimlar rivoyatlar keltirganlar[1].
Muhammad as-Sadaqiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1123-yil (hijriy 517-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | adib |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 120-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |