(Abul Fazl) Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulloh ibn Abdulmajid ibn Ismoil ibn al-Hokim al-Marvaziy as-Sullamiy, so‘ngra al-Hanafiy ash-Shahid, al-Vazir al-Hokim — Marv olimi bo‘lgan. O‘z asrida Abu Hanifaning asʼhoblarining peshvosi bo‘lgan. Marv, Bag‘dod, Ray, Buxoro va Makkada hadis tinglagan. Ehtiyoj sezgan hadislarni yod olar va hadisdan gapirar edi. Rasulullohning 60 mingta hadislarini yod olgan.

Muhammad as-Sullamiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi olim

Asarlari

tahrir
  • al-Kofiy“ („Kifoya qiluvchi kitob“);
  • al-Muntaqiy“ („Tanlangan kitob“);
  • Sharhu-l-jomi“ („Jomiʼ to‘plamga sharh“);
  • Usulu-l-fiqh“ („Fiqh asoslari“).

U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar[1].

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 119-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.