Muhammad az-Zanjoniy (Abul Qosim, Aminuddavla)

faqih, usulchi va mujtahid

Muhammad ibn Kozim ibn Muhammad Husayn ibn Muhsin ibn Salim ibn Burhonuddin al-Musoviy, az-Zanjoniy (hijriy 1224-yil (milodiy 1809-yil) tavallud topib, hijriy 1292-yil (milodiy 1875-yil)ning jumaduloxir oyida vafot etgan) — faqih, usulchi va mujtahid boʻlgan. Zanjonda ilm olgan va Qazvinga safar qilib, oʻsha yerda bir qancha muddat yashagan. Soʻngra Isfahonga borib, Ali Muhammad Ibrohim al-Kalbosiy va Muhammad Boqir ash-Shaftiy bilan uchrashgan. Zanjonga qaytib kelgan sulton Muhammad Shoh al-Qojoriyning amri bilan Tehronga oʻtgan va hajga borish maqsadida boʻlgan.

Muhammad az-Zanjoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1809-yil (hijriy 1224-yil)
Vafoti milodiy 1875-yil (hijriy 1292-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, usulchi va mujtahid

Asarlari

tahrir
  • Nuru-l-ayn fi azoi-l-Husayn“ („Husaynning bardoshi haqida koʻzning nuri“);
  • Qurratu-l-absor fi isboti imomati-l-aʼimmati-l-athor bi-zzir va-l-bayyinot“ („Pok imomlarning imomligini kitoblar va bayonlar bilan isbotlashning asoslari“);
  • Xulosatu-l-furuʼ“ („Saralangan furuʼ“);
  • Taxribu-l-bob fi-r-raddiala-l-bobiya“ („Bobiyaga raddiya berishda eshikni buzish“)[1].

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 148-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.