Muhammad ibn Ahmad Maymurg‘iy

Muhammad ibn Ahmad Maymurg‘iy (arabcha: محمد بن أحمد ميمرغي — Muhammad ibn Ahmad Maymurg‘iy — Toʻliq ismi: Abulmuayyad Muhammad ibn Ahmad ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Nasr ibn Muso ibn Ahmad Maymurg‘iy Nasafiy (442/1050-yil tug‘ilgan)) — Muhaddis va roviy.

Muhammad ibn Ahmad Maymurg‘iy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis,roviy

Hayoti

tahrir

Muhammad ibn Ahmad Maymurg‘iy muhaddis, olim, imom, fozil kishi bo‘lgan. Hijoz va boshqa shaharlarga borib, u yerdagi allomalardan hadis eshitgan va rivoyat qilgan. Najmiddin Umar Nasafiyning yozishicha, alloma 442/1050-yil „Maymurg‘“ qishlog‘ida tavallud topgan. Manbalarda Muhammad ibn Abdussattor ibn Muhammad Imodiy Kardariy (vafoti 642/1244-yil) undan taʼlim olganligi haqida keltirilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 364.