Muhammadbobur Malikov
Muhammadbobur Majidovich Malikov — Oʻzbekiston Respublikasining sobiq adliya vaziri (1991—1993), Oʻzbekistonning AQShdagi sobiq elchisi (1993-yilda)[1].
Muhammadbobur Majidovich Malikov | |
---|---|
Муҳаммадбобур Мажидович Маликов | |
Oʻzbеkistоnning AQShdagi elchisi | |
Mansab davri 1993-yil 19-fevraldan – 1993-yil 20-noyabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulhoshim Mutalov |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Fotih Teshaboyev |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri | |
Mansab davri 1991-yil 20-dekabrdan – 1993-yil 19-fevralgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shukrullo Mirsaidov |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Bahodir Olimjonov |
Vorisi | Alisher Mardiyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-sentyabr 1948-yil Fargʻona, Oʻzbekiston SSR |
Biografiyasi
tahrirMargʻilonda tugʻilgan. Yoʻldosh Oxunboboyevning nabirasi.
1949-yildan 1957-yilgacha Farg‘ona viloyatidagi qishloqlardan birida yashagan. Otasi kolxoz raisi boʻlgan.
1967-yilda aviatsiya texnikumini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Bir yil davomida V.P. Chkalov Nomidagi Toshkent Aviatsiya Ishlab Chiqarish Birlashmasining 34-sexida chilangar boʻlib ishlagan.
1972-yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
1972-yildan 1977-yilgacha prokuratura organlarida ishlagan.
1977-yildan sud tizimida faoliyat yuritgan. 1983-yilda Toshkent viloyati sudi, 1985-yilda Oliy sud aʼzosi etib saylangan.
1987-1989-yillarda — Andijon viloyati sudi raisi.
1989-yilda O‘zSSR Oliy sudi raisi etib saylangan va bir vaqtning o‘zida SSSR Oliy sudining aʼzosi ham bo‘lgan. „Paxta ishi“ tufayli jinoiy jazoga hukm qilinganlar ishini qayta koʻrib chiqish tashabbuskori boʻlgan va 3500dan ortiq fermerlarni oqlanishiga erishdi.
1989-yilda Sovet Ittifoqi Oliy sudi plenumida birinchi bo‘lib Gdlyan va Ivanovning tergov guruhiga qarshi so‘zga chiqib, ularning harakatlarini „o‘zbek xalqining genotsidi“ deb atagan.
1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi[2].
1993-yil 19-fevraldan 20-noyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchisi boʻlgan. Islom Karimov siyosatiga qarshi chiqqan. AQShdan siyosiy boshpana soʻragan va Karimov rejimini „fashizm“da ayblagan.
Hozirda „O‘zbekiston fuqarolik harakati“ yetakchisi[3].