Muhammadxon Podshoxoʻjayev
Muhammadxon Podshoxoʻjayev (1885-yilda tugʻilgan) – oʻzbek ipakshunosi.
Muhammadxon Podshoxoʻjayev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1885-yil Toshkent |
Vafoti | 1937-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Millati | oʻzbek |
Kasbi |
|
Hayoti va mehnat faoliyati
tahrirMuhammadxon Podshoxoʻjayev Toshkent shahar Zanjirlik mahallasida ziyoli va dehqon Muhiddin Podshoxoʻjayev oilasida tugʻilgan. Xususiy mullaning qoʻlida oʻqib savod chiqarganidan soʻng 1987—1901-yillarda rus-tuzem maktabining boshlangʻich toʻrt sinfini tamomlagan. Shundan soʻng, madrasada tahsil olgan. 1898-yilda otasi vafot etgach, onasi qaramogʻida tarbiyalangan. 1903-yilda onasining vafotidan keyin amakilarining tarbiyasida boʻlgan. Oʻzi ham otasidan qolgan yerda dehqonchilik va ipakchilik bilan shugʻullangan.
1909-yildan boshlab jamoat ishlarida ishtirok eta boshlagan. Munavvarqori Abdurashidxonov boshliq Toshkent maʼrifatparvarlari safiga qoʻshilgan va shu yili „Jamiyati imdodiya“ xayriya jamiyatini tashkil etishda qatnashgan. Shuningdek, uning oʻzi ham ushbu jamiyatning faol aʼzolaridan biri boʻlgan[1]. 1902-yilda Toshkentning eski shahar qismidagi B.M.Ilin bosmaxonasida harf teruvchiga shogird, keyinchalik harf teruvchi boʻlib ish boshlagan.1902—1906-yillarda Turkiston general-gubernatori tipografiyasida harf teruvchi vazifasini bajargan. 1912-yil ipakfurush Yusufjon Ibrohimjonov manufakturasida, 1912—1915-yillar mobaynida oʻgay akasi Yusuf xoʻja Sodiqxoʻjayev qoʻlida gumashta vazifasida faoliyat olib borgan.
1913—1916-yillarda „Turon“, „Sanoyi Nafisa ittifoqi“ teatr truppasining muassislaridan biri hamda aktyor boʻlib ishlagan. 1912—1916-yillarda „Nashriyot“ va „Maktab“ kutubxonasi noshirligi muassislaridan biri, 1916-yilda Abdulla Avloniyning „Birinchi muallim“ kitobi noshiri, 1914—1915-yillarda esa „Sadoyi Turkiston“ gazetasi tarqatuvchisi vazifalarini bajargan. 1916-yilda Toshkent viloyatining Qorasuv qishlogʻida tashkil etilgan „Iqtisod“ jamiyatining muassislaridan biri boʻlgan. Muhammadxon Podshoxoʻjayev 1917-yildan boshlab „Shoʻroyi islom“ jamiyati aʼzosi boʻlib kelgan. 1917-yil oktyabrdan 1918-yil may oyigacha „Maktab“ uyushmasida xodim boʻlib ishlagan.
1919-yildan firqa aʼzosi, 1918—1919-yillarda Toshkent eski shahar raykom partiyasida rais, 1919—1920-yillarda esa Eski Margʻilon revkomi raisi vazifasini bajargan. 1919-yilda Qizil qoʻshin tarkibidagi otliq eskadron siyosiy rahbari, 1921-yilda Toshkent shahridagi musulmonlar orasida harbiy xizmatga safarbarlik komissiyasi raisi boʻlib ishlagan. Oradan bir qancha vaqt oʻtib, musulmon kommunistlarini roʻyxatga olish davrida xudoga ishongani uchun oʻz xohishi bilan firqa safidan chiqib ketgan.
1920-yilda 3 oylik ipakchilar tayyorlov kursini oʻqib tamomlagan. 1921-yil oxirlarida S. Sharifxoʻjayev va O. Karimiy ishi boʻyicha ikki oy qamoqda oʻtirgan. 1923—1924-yillar mobaynida „Turkshelk“ aksiyadorlik jamiyati boshqarmasi aʼzosi, 1924—1925-yillarda esa Oʻrta Osiyo ipak boshqarmasi aʼzoligiga nomzod boʻlgan. 1924-yildan to 1934-yil 15-yanvargacha Toʻqimachilik sanoati xodimlarining Oʻrta Osiyo syezdida „Turkshelk“ ipakchilik sanoati Bosh boshqarmasi boshqaruvining aʼzosi etib tayinlangan. Toshkent shahar Jarariq mavzesidagi Oʻrta Osiyo ipakchilik tajriba bekati boshqarmasi ipakchilik va tutshunoslik madaniyati boʻlimi mudiri, 1933—1934-yillarda Toshkent tumanlararo ipakshunos-tutshunos agronomi, 1934—1937-yillarda esa SSSR XKS DSIning tayyorlov qoʻmitasi Oʻzbekiston ipakchilik guruhi inspektori lavozimlarida ishlagan.
Ayblov
tahrir1937-yil 31-avgustda Oʻzbekiston NKVDsi tomonidan prokuror sanksiyasisiz qamoqqa olingan va 1937-yil 14-oktyabrda aksil inqilobiy harakatda ayblanib, uchlik tomonidan oliy jazoga hukm qilingan.
Oʻzbekiston SSR prokurorining 1960-yil 17-oktyabr ajrimi bilan NKVD uchligining 1937-yil 14-oktyabr qarori bekor qilingan va harakatdan toʻxtatilgan, yaʼni shu tariqa Muhammadxon Podshoxoʻjayev oqlangan[2].
Manba
tahrir- ↑ „Бегали Қосимов. Миллий ва ижтимоий курашлар даври адабиёти (XX асрнинг биринчи чораги)“. ziyouz.uz. Qaraldi: 11-oktabr 2024-yil.
- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.