Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey — Aydınoğulları bekligiga asos solgan turk hukmdor. Beklik oʻz nomini Mehmed Beyning otasi Aydından olgan. Mehmed Egey dengizidagi ikkita port shaharni — Ayasoluk va Izmirni oʻz nazorati ostida tutgan. Mehmed boshchiligida beklik floti yaratildi va uning oʻgli Umur Bey koʻplab yunon orollariga hujumlar uyushtirdi. Ushbu voqealik beklik bosqinlaridan aziyat chekayotgan nasroniy kuchlarini turklarga qarshi ittifoqqa birlashishga majbur qildi.

Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey
1-Aydınoğulları beki
Saltanat 1308-1334
Oʻtmishdoshi lavozimga asos solindi
Davomchisi Umur Bey
Vafoti 1334-yil
Otasi Aydın
Dini Sunni Islom

Mehmed oʻsha vaqtlarda turk beklari ichida birinchi boʻlib oʻzini Gʻoziy deb atagan. Mehmed hukmronligi davrida beklikka Ibn Battuta tashrif buyurib, Mehmed va uning oʻgʻillari haqida maqtovli sharhlar yozib qoldirgan. Mehmed ham xuddi oʻgʻli Umur kabi XV asrda yashagan Usmonli tarixchisi Enveriy qalamiga mansub „Dusturname“ dostonining qahramonlaridan biridir.

Hukmronlik va beklik boshqaruvi

tahrir

Germiyanoğulları bekligi qoʻshinida qoʻmondon boʻlgan Mehmed dastlab Menteşe bekligining kuyovi boʻlgan Sasa Beyga Aydın viloyatini egallashi uchun oʻz yordamini berdi. Ammo keyinroq ushbu hududlarni oʻz nazoratiga olib, 1308-yilda Aydınoğulları bekligiga asos soldi. Shundan soʻng koʻplab hududlarni, xususan, Izmirning musulmon hududini, Selçuk, Tire, Sultanhisar va Bodemyani qoʻlga kiritdi. Shu tariqa katta yerlarga ega boʻlgan Mehmed Bey oʻz tasarrufidagi yerlarni besh oʻgʻli oʻrtasida boʻlib beradi va kenja oʻgʻli bilan Birgi shaharchasiga joylashadi. Beklik katta dengiz floti bilan Sakız orolini qamal qiladi. Ikki yarim yillik qamaldan soʻng Izmir shahrining port qismi 1328-29-yillarda egallanadi. Ushbu orolni qaytarib olgan Vizantiya imperatori Andronikos III turklar bilan yaqinlashish siyosatini olib borib, Aydınoğulları bekligi va Saruhanoğulları bekligi bilan shartnomalar tuzadi. Ammo Izmir beki boʻlgan Umur Bey shartnomaga amal qilmasdan, Bozcaada, Semadirek orollari, Gümülcine va Mora sohillariga hujumlar amalga oshirdi. 1332-yilda Umur Bey Arxipelag gersogligi va Negropont triarxiyasini soliq toʻlashga majbur qildi[1].

Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey 1334-yilda vafot etdi. Uning vafotidan soʻng beylik taxtiga oʻgʻli Umur Bey oʻtirdi.

Manbalar

tahrir
  1. Erdoğan, Merçil (1991). "Aydınoğulları" (Türkçe). TDV İslâm Ansiklopedisi. Türkiye Diyanet Vakfı. 239-241 b. https://islamansiklopedisi.org.tr/aydinogullari.