Muharram (arabcha - taqiqlangan, muqaddas) - arablarning Oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy yil hisobida birinchi oy. Muharram islomdan ilgari ham arablarda muqaddas oy hisoblangan, bu oyda qabilalar oʻrtasidaga urush-janjallar va qon toʻkishlar taqiqlangan. Bu Muharram oyining nomidan ham koʻrinib turadi. Islomda Muharram urush man qilingan toʻrt oyning biridir.

Islomiy taqvim

Muharram | Safar | Rabiulavval | Rabiussoni | Jumodilavval | Jumodissoni | Rajab | Shaʼbon | Ramazon | Shavvol | Zulqaʼda | Zulhijja


Muharram (arabcha — taqiqlangan, muqaddas) — qadimgi arablarning Oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy yil hisobit birinchi oy. Muharram islomdan ilgari ham arablarda muqaddas oy hisoblangan, bu oyda qabilalar oʻrtasidagi urush-janjallar va qon toʻkishlar taqiqlangan. Bu Muharram oyining nomidan ham koʻrinib turadi. Muharram oyining birinchi oʻn kunida shialar imom Husaynni yodlab motam tutadi, turli diniy marosimlar oʻtkazadi (qarang Ashuro).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil