Mujgon Azimiy (forscha: مژگان عظیمی, inglizcha: Mojgan Azimi, 1985-yil 21-avgust, Hirot, Afgʻoniston) – forscha kuylovchi afgʻon qoʻshiqchisi va rassomi.

Mujgon Azimiy
Tavalludi 21-avgust 1985-yil (1985-08-21) (39 yosh)
Janrlar rok, pop, afgʻon folklor musiqasi
Kasbi qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, rassom
Fuqaroligi Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya

Hayoti

tahrir

Mujgon Azimiy 1985-yil 21-avgustda Afgʻonistonning Hirot shahrida tugʻilgan. Azimiyning oilasi Afgʻonistondagi fuqarolar urushidan soʻng Eronga koʻchib kelishgan va dastlab Mashhad, keyinchalik esa Kirmon shahrida yashashgan. Qoʻshiqchi boshlangʻich va oʻrta taʼlimni Eronda olgan, shundan keyin oilasi bilan birga Germaniyaga koʻchib ketgan. Keyinchalik Azimiy oilasi Shveysariyaga koʻchib oʻtishdi. Hozirgi kunda qoʻshiqchi Shveysariyada yashaydi.

Faoliyati

tahrir

Azimiy oʻzining rassomchilik faoliyatini 10 yoshida moyboʻyoqda rasm chizish bilan boshlagan. Keyinchalik Azimiy klassik gitara chalishni oʻrgandi va 18 yoshigacha vokal saboqlarini olgan. „Ayeh“ va „25 years“ qoʻshiqlarini 2018-yilda Eronda yozgan[1]. „Ayeh“ klip uning birinchi professional ishi hisoblanadi. Klipda ayollarning huquqlari qoʻllab-quvvatlanib, Afgʻonistondagi urf-odatlar va ulardagi gender kamsitilishlar qoralangan[2][3][4][5][6]. 2018-yil kuz oyining boshlarida uning „Hakeman“ qoʻshigʻi chiqadi. Qoʻshiq 2018-yilgi San Francisco Rumi International Music Awardsda eng yaxshi qoʻshiqchi, eng yaxshi musiqa, eng yaxshi qoʻshiqnavis nominatsiyalarida birinchi oʻrinnin qoʻlga kiritgan[7][8].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir

Mujgon Azimiy Instagram sahifasi