Mukammil Burhonov
Burhonov Mukammil (1884, Buxoro — 1938, Toshkent) — Buxorodagi jadidlik harakati namoyandasi. 1910-yildan Yosh buxoroliklar tashkilotining aʼzosi. Buxoroda maktab va madrasalarni isloh qilib, yoshlarga zamonaviy taʼlim berishga harakat qilgan "Tarbiyai atfol" ("Bolalar tarbiyasi") maxfiy jamiyatini tuzishda ishtirok qildi (1910-yil noyabr) Oʻz uyida yashirin ravishda yangi usuldagi maktab ochdi (1912), savodsiz va chalasavodlar uchun kechki kurs tashkil qildi (1913). Jadidlarga qarshi Buxoro amirining zulmi kuchaygach, Buxoroni tark etdi (1918). Amir hokimiyati agʻdarib tashlangach, BXSR adliya noziri, BXSRning RSFSR hukumati xuzuridagi muxtor vakili (1920—24). 20ylar oʻrtalaridan boshlab siyosiy faoliyatni toʻxtatdi. Maqomchilar Ota Gʻiyos va Ota Jaloddan taʼlim olib. jiyani Burhonov Mutavakkilga dastlabki musiqaviy tarbiya berdi. B. 1937-yil qatagʻon qilindi va akaukalari bilan birgalikda 1938-yil 24-sentabrda otib tashlaidi.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Oʻzbekistonning yangi tarixi [2kitob], Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida, T., 2000.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |