Mukesh Dhirubhai Ambani (1957-yil 19-aprelda tugʻilgan) – hindistonlik milliarder va tadbirkor. Hozirda u bozor qiymati boʻyicha Hindistonning eng qimmat kompaniyasi boʻlgan Reliance Industries kompaniyasining raisi va boshqaruvchi direktori hisoblanadi[7]. 2023-yil dekabr holatiga koʻra, boyligi 92 milliard dollarga teng boʻlib, Osiyodagi eng boy odam va dunyodagi 15-eng boy odam hisoblanadi[8][9]. Plutokrat sifatida tavsiflanadi. Bozorni manipulyatsiya qilish, siyosiy korrupsiya, nepotizm ayblovlari bilan nom qozongan[10][11][12][13][14][15]. Time jurnali uni 2019-yilning eng nufuzli 100 kishilari roʻyxatiga kiritdi[16].

Mukesh Ambani
Tavalludi 19-aprel 1957-yil (1957-04-19) (66 yosh)[1][2]
Fuqaroligi Hindiston[3][4]
Turmush oʻrtogʻi Nita Ambani
Bolalari Akash Ambani
Anant Ambani
Isha Ambani[5]
Otasi Dhirubhai Ambani[6]
Onasi Kokilaben Ambani
Veb-sayti Mukesh Ambani

Biografiyasi tahrir

Mukesh Dhirubhai Ambani 1957-yil 19-aprelda Britaniya mustamlakasi – Adanda (hozirgi Yaman) gujarat hindulari Dhirubhay Ambani va Kokilaben Ambani oilasida tugʻilgan. Uning ukasi Anil Ambani va ikki singlisi bor: Nina Bhadrashyam Kothari va Dipti Dattaraj Salgaonkar.

Ambani Yamanda qisqa vaqt yashadi. Otasi 1958-yilda Hindistonga qaytib, ziravorlar va toʻqimachilik bilan shugʻullanadigan savdo biznesini yuritgan[17][18][19]. Uning oilasi 1970-yillarga qadar Mumbayning Bhuleshvar shahrida ikki xonali oddiy kvartirada yashagan[20]. Oilaning moliyaviy ahvoli Hindistonga koʻchib oʻtgandan keyin biroz yaxshilandi, ammo Ambani kommunal uyda yashadi, jamoat transportidan foydalandi[21]. Keyinchalik Dhirubhai Kolabada „Dengiz shamoli“ deb nomlangan 14 qavatli turar joyni sotib oldi. Ambani va uning akasi oilalari bilan turli qavatlarda yashar edi[22].

Ambani Mumbaydagi Hill Grange oʻrta maktabida keyinchalik uning yaqin hamkori boʻlgan Anand Jane bilan birga oʻqidi[23]. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Mumbaydagi Saint-Xavier kollejida oʻqidi[24]. Keyinchalik Kimyo-texnologiya institutida kimyo muhandisligi boʻyicha bakalavr darajasini oldi[25][26].

Ambani oʻz ustozlari William Sharpe va Manmohan Sharmadan ilhomlanganini aytgan[27].

1981-yilda otasi Dhirubhai Ambaniga oʻzining Reliance Industries Limited oilaviy biznesini boshqarishda yordam bera boshladi. Bu vaqtga kelib, kompaniya kengayib, neftni qayta ishlash va neft-kimyo bilan ham shugʻullangan edi. Biznes, chakana savdo va telekommunikatsiya sohalarida mahsulot va xizmatlarni oʻz ichiga olgan Reliance Retail Ltd shoʻba korxonasi ham Hindistondagi eng yirik chakana sotuvchi hisoblanadi[28]. 2016-yil 5-sentyabrda ishga tushirilgandan beri Reliance mamlakat telekommunikatsiya xizmatlarida birinchi beshlikdan joy oldi.

2016-yil holatiga koʻra, Ambani dunyoning 36-eng boy odami sifatida qayd etilgan. Soʻnggi oʻn yil davomida Forbes jurnali roʻyxatida Hindistonning eng boy odami unvonini doimiy ravishda egallab kelmoqda[29]. Forbes jurnalining dunyodagi eng qudratli odamlari roʻyxatidagi yagona hind tadbirkoridir[30]. 2020-yil oktyabr holatiga koʻra, Mukesh Ambani Forbes talqini boʻyicha dunyodagi 6-eng badavlat kishidir[31]. 2018-yilning iyul oyida 44,3 milliard dollar boyligi bilan Alibaba Group ijrochi raisi Jack Mani ortda qoldirib, Osiyoning eng boy odamiga aylandi. Shimoliy Amerika va Yevropadan tashqaridagi dunyodagi eng boy odamdir[32]. Xitoyning Hurun tadqiqot instituti maʼlumotlariga koʻra, 2015-yili Ambani Hindiston xayriyachilari orasida beshinchi oʻrinni egallagan[33]. U Bank of America direktori etib tayinlandi va uning boshqaruvida boʻlgan birinchi noamerikalik boʻldi[34].

Reliance orqali Hindiston Premyer-ligasi Mumbay Indians franshizasiga ham egalik qiladi. Hindiston Superligasining asoschisi hisoblanadi[35]. 2012-yilda Forbes uni dunyodagi eng boy sport homiylaridan biri deb atadi[36].

Shaxsiy hayoti tahrir

1985-yilda Nita Ambani bilan turmush qurgan, ularning Akash va Anant ismli ikki oʻgʻli bor. Akashning Ishani ismli qizi bor[37][38]. Dunyodagi eng qimmat xususiy turar-joylardan biri boʻlgan Antiliada istiqomat qiladi, binoning qiymati 1 milliard dollarga yetadi[39]. Binoga texnik xizmat koʻrsatish uchun 600 nafar xodim boʻlib, uchta vertolyot maydonchasi, 160 mashinaga moʻljallangan garaj, xususiy kinoteatr, basseyn va fitnes markazini oʻz ichiga oladi[40].

2007-yilda Ambani xotiniga 44 yoshga toʻlishi munosabati bilan 60 million dollarlik Airbus A319 samolyotini sovgʻa qildi[41]. 180 yoʻlovchini sigʻdira oladigan Airbus yashash xonasi, yotoqxona, sunʼiy yoʻldosh televideniesi, WiFi, sky bar, jakuzi va ofisni oʻz ichiga olgan[42]. Ambani 2008-yilda Mumbai Indians IPL kriket jamoasini 111,9 million dollarga sotib olganidan keyin „Dunyoning eng boy sport jamoasi egasi“ unvoniga sazovor boʻldi[43][44].

Mukesh Ambani qattiq vegetarian va alkogol isteʼmol qilmaydi[45].

Xabar qilinishicha, 2012-yil 31-martda yakunlangan moliyaviy yil davomida Reliance Industries Ltd (RIL) rahbari sifatidagi yillik maoshidan deyarli ₹240 milliondan voz kechishga qaror qilgan. Mukesh Ambani kompaniyaning 50,4% ulushiga ega[46]. Bu harakat uning maoshini ketma-ket toʻrtinchi yil 150 million ₹ bilan cheklab qoʻydi[47]. 2019-yil boshida Mumbay sudi uning akasi Anil Ambani shved ishlab chiqaruvchisi – Ericsson shirkati tomonidan sudga berilgan[48]. 2021-yilda Mumbayda Ambaniga suiqasd uyushtirildi[49]. 2023-yilda u elektron pochta orqali oʻldirish bilan qoʻrqitildi[50].

Manbalar tahrir

  1. Nolan, Jeannette „Mukesh Ambani“. Encyclopaedia Britannica. Qaraldi: 7-oktabr 2013-yil.
  2. „The Rediff Business Interview/ Mukesh Ambani“. Rediff.com (17-iyun 1998-yil). Qaraldi: 22-aug 2013-yil.
  3. (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. „NY Times pics on Mukesh Ambani“. The New York Times (15-iyun 2008-yil). Qaraldi: 22-aug 2013-yil.
  6. (unspecified title)
  7. „Mukesh Ambani :: RIL :: Reliance Group of Industries“. Reliance Industries Limited. 2015-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-avgust.
  8. „Mukesh Ambani“ (en). Forbes. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
  9. „Real Time Billionaires“ (en). Forbes. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
  10. „Meet Asia's millennial plutocrats“. The Economist.
  11. „Blind Ambition“. Outlookindia.com/. 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.
  12. „A History Of Controversies“.
  13. „NICL scam: CBI files charges against Reliance Industries Limited, 4 retired insurance firm employees“. The Times of India. 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.
  14. „CAG flays Oil Min for allowing RIL to retain D6 area“. India Today. 2018-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.
  15. Scroll Staff. „SEBI fines Reliance Industries, Mukesh Ambani Rs 40 crore for 'manipulative trades' in 2007“. Scroll.in.
  16. Mahindra, Anand. „100 Most Influential People - Mukesh Ambani“. Time (2019). Qaraldi: 2023-yil 19-may.
  17. Majumdar, Shyamal. „How Dhirubhai Ambani changed the style of doing business in India“. Rediff.com (2015-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  18. Pandey, Piyush. „RIL set to part with 'Only Vimal' brand“. The Times of India (2012-yil 22-iyun). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  19. „Life story of Mukesh Ambani“ (en-US). truthofthoughts.com (2017-yil 23-fevral). Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  20. „Reliance didn't grow on permit raj: Anil Ambani“. Rediff.com (2002-yil 11-may). Qaraldi: 2010-yil 28-oktyabr.
  21. Giridharadas, Anand. „Meet Mukesh Ambani: India's Richest Man“ (en). The New York Times (2008-yil 15-iyun). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  22. Yardley, Jim. „Soaring Above India's Poverty, a 27-Story Home“. The New York Times (2010-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  23. Bhupta, Malini. „Anand Jain: A bone of contention between the Ambani brothers“ (en). India Today (2005-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  24. Fernandes, Kasmin. „St. Xavier's is the Indian Hogwarts“ (en). Mid-Day (2010-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  25. „Mukesh Ambani on his childhood, youth“. Rediff.com (2007-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  26. Ambani, Mukesh (2001). "Re-Orienting Education at UDCT" (en). The Bombay Technologist 50 (1): 33–35. ISSN 0067-9925. Archived from the original on 12 June 2020. https://web.archive.org/web/20200612215122/http://www.bombaytechnologist.org/index.php/bombaytechnologist/article/view/128789. Qaraldi: 12 June 2020. Mukesh Ambani]]
  27. „Mukesh Ambani on his childhood, youth“. Rediff.com (2007-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  28. Kumar, Abhineet. „Ambani tops retailer list, too“. Business Standard (2013-yil 17-avgust). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  29. „Bill Gates richest man in world, Mukesh Ambani at 36th: Forbes“. The Economic Times (2016-yil 2-mart). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  30. „The World's Most Powerful People“. Forbes. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  31. „Real Time Billionaires“ (en). Forbes. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  32. „Billionaire Mukesh Ambani topples Jack Ma as Asia's richest person“. The Times of India (2018-yil 13-iyul). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  33. Balachandran, Manu. „India's biggest philanthropist is seven times more generous than the next“. Quartz India (2015-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  34. „Mukesh Ambani appointed Bank of America as director“. The Economic Times (2011-yil 16-mart). Qaraldi: 2019-yil 25-yanvar.
  35. Hiscock. „Indian tycoon Mukesh Ambani backs new soccer league“. Herald Sun (2010-yil 14-dekabr). 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  36. „Richest Owners in Sports: Mukesh Ambani“. Forbes (2012-yil 12-mart). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  37. „India's young billionaire heirs and heiresses“. India TV (2012-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  38. Vartak, Priyanka. „Nita Ambani's story, from school teacher to India's wealthiest woman, is worth a read!“ (en-GB). The Free Press Journal (2017-yil 24-noyabr). 2017-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  39. Magnier, Mark. „Mumbai billionaire's home boasts 27 floors, ocean and slum views“. Los Angeles Times (2010-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  40. Hanrahan, Mark. „Antilia: Inside Mukesh Ambani's 27-Story Mumbai Residence, The World's First 40 Billion Home (PHOTOS)“ (en-US). HuffPost (2012-yil 18-may). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  41. „Mukesh Ambani gifts wife jet on birthday“ (en-IN). Reuters (2007-yil 2-noyabr). 2020-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  42. „Mukesh Ambani gifts Rs 240 cr jet to wife“. Rediff.com (2007-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  43. Badenhausen, Kurt. „The World's Richest Sports Team Owners 2018“ (en). Forbes (2018-yil 7-mart). Qaraldi: 2018-yil 1-avgust.
  44. „Big business and Bollywood grab stakes in IPL“ (en). ESPNcricinfo (2008-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  45. „Mukesh Ambani is India's richest man for the second year in a row“. thomaswhite.com (2010-yil 1-iyun). 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-aprel.
  46. Chu, Patrick; Idayu Ismail, Netty. „Mukesh Ambani Backed by India Power Holdings Proves Asia's Top Billionaire“. Bloomberg (2012-yil 5-mart). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  47. „Mukesh Ambani forgoes Rs 23.82 crore from his pay package“. The Times of India (2012-yil 9-may). Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
  48. Altstedter, Ari; Sanjai, P. R.. „Mukesh Ambani Won the World's Most Expensive Sibling Rivalry“. Bloomberg Businessweek (2020-yil 3-iyun). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  49. „Mukesh Ambani bomb scare brings Mumbai's dirty politics into the open“. Financial Times (2021-yil 4-aprel).
  50. „Mumbai: Mukesh Ambani Receives Death Threat Via Email; Probe On“ (en). News18 (2023-yil 28-oktyabr).