Mulla Rafi’ madrasasi — Samarqand madrasasi.

Madrasa
Mulla Rafi’ madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Mulla Rafi’
Homiylar Mulla Rafi’
Binokorlik XIX asr boshlari—???
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Tarixi

tahrir

Mulla Rafi’ madrasasi XIX asr boshlarida Moturid guzarida, Buxoro amirligi davrida Mulla Rafi’ tomonidan bunyod etilgan[1]. Mazkur hudud keyinchalik Mulla Rafi’ nomi bilan atalgan. Mulla Rafi’ mazkur guzarda oqsoqollik vazifasini bajargan. Uning oʻgʻli ham keyinchallik shu hududda oqsoqollik qilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa va masjidlar uchun vaqf mulklari ajratilgan va uning bir nechta hujralari saqlanib qolgan. Mazkur hujjatlardan birinchisi hijriy 1232-yili zulqaʼda oyida (1817-yil sentyabr-oktyabr) Rafi’ oqsoqol valadi mulla Badi’ Samarqand viloyatidagi Anhor tumaniga qarashli Rahmatobod mavzesida 300 tanob xurri xolis yeri vaqf qilingan. Madrasa gʻarbida guzar masjidi tahoratxonasi, shimoli va sharqida yoʻl, shimoli va janubida hovlilar mavjud boʻlgan. Madrasa devori shoʻpkori va pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Madrasaning yettita hujrasi mavjud boʻlgan. Madrasaga kirish joyi qarshisida masjid boʻlgan. Madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. Keyinchalik ushbu vazifani uning avlodlari bajarishgan. Mutavvali vaqf mulklaridan ushr olgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Mazkur hujjatning oxirgi qismi hijriy 1251-yil jumad ul-avval oyida (1835-yil sentyabr) qayta rasmiylashtirilgan. Hujjat Amir Nasrulohning muhri bilan tasdiqlangan va yana hujjatda oltita muhr ham mavjud. Madrasa Samarqanddagi 2-darajali oliy toifaga mansub edi[2].

Meʼmorchiligi

tahrir

Mulla Rafi’ madrasasi 7 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Manbalar

tahrir
  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet.