Mulla Shodiy (Mula Shodi) (XVI asr) — Shayboniylar davri tarixchisi.

Uning hayotiga oid maʼlumotlar juda kam. Mulla Shodiy Shayboniyxonning inisi Mahmud sulton saroyida xizmat qilgan, fors tilida yozilgan Fathnoma asari muallifi. Dostonni Mahmud sulton topshirigʻiga binoan yozgan. Asarda Shayboniyxonning Samarqandni bosib olguniga qadar Dashti qipchoq, Movarounnahr va Xorazmdagi hayoti va faoliyati bilan bogʻliq asosiy siyosiy voqealar; Xorazmning toponimikasi, asosan, Vazir va Adak shahar-qalʼalar toʻgʻrisida, Qorakoʻldagi xalq qoʻzgʻolonining bostirilishi, urushlarda koʻplab aholining qoni toʻkilganligi va ularning ogʻir ahvoli haqida maʼlumotlar keltirilgan. Asarning qoʻlyozma nusxalari Rossiya, Tojikistonda va Oʻzbekistonda Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Adabiyot tahrir

  • Axmedov B.A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., T., 1985.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil