Mumbay
Mumbay
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Mumbay | |
---|---|
19°4′33″N 72°52′39″E / 19.07583°N 72.87750°E | |
Mamlakat | Hindiston |
Hukumat | |
• mer | Sunil Prabhu |
Zichligi | 20.694 kishi/km2 |
|
Mumbay (avvalgi nomi Bombay) — Hindistonning sobiq poytaxti, hozirda Maharashtra shtatining markazi.
Bombay, Mumbay (Mumba maʼbudasi nomidan) — Hindistondagi shahar. Maharashtra shtatining maʼmuriy markazi (I960 yildan). Hindistonning gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinidagi Bombay va ll.
Solsett orollarida joylashgan, koʻprik va koʻtarmalar bilan materikka tutashgan. Aholisi 9,9 mln. kishi (1991).
Tarixi
tahrirBombayni 1532-yilda Portugaliya mustamlakachilari bosib olgan. 1661-yildan Angliya ixtiyoriga oʻtdi. 1668-yildan inglizlarning OstIndiya kompaniyasi Bombayda harbiy va savdo bazalar qura boshladi. XIX asrda Hindistonning muhim iqtisodiy va ijtimoiy markaziga aylandi. Bombayda hindistonliklarning ingliz mustamlakachilariga qarshi siyosiy chiqishlari boʻlib oʻtgan (1908—1946). Bombay mamlakat shaharlari orasida aholisining soni boʻyicha birinchi, iktisodiy va madaniy mavqei jihatidan ikkinchi oʻrinda. Shaharda turli dindagi har xil millat vakillari (marathlar, gujoratlar, sekxlar, balujlar, otashparast forelar) yashaydi.[1]
Iqtisodiyoti
tahrirBombay Hindistonning Arabiston dengizi sohilidagi eng katta porti. Bir yillik yuk ortib tushirish 30 mln. tonna Bombayda yirik tovar, fond, paxta birjalari, milliy va chet el banklari, sugʻurta kompaniyalari joylashgan. Ichki va xalkaro aviatsiya yoʻllari tuguni. Mamlakatning asosiy eksport va importi Bombay orkali utadi. Chetga marganes va boshqarudal ar, paxta, ip gazlama, teri va charm, moyli oʻsimlik urugʻlari chiqariladi. Chetdan mashina va uskunalar, kumir, neft, gʻalla keltiriladi. Sanoati rivojlangan. Bombay mamlakatning asosiy sanoat xususan, toʻqimachilik sanoati markazlaridan biri (mamlakat ip gazlama sanoatining kariyb 3/4 qismi Bombayda), shuningdek bankmoliya markazi; Bombayda nefti i qayta ishlash, mashinasozlik, yogʻochsozlik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati tarmoklari mavjud.
Bombay binolari yevropacha va hindcha uslub bilan asosan XIX-XX asrlarda qurilgan. Bombay orolidagi fort (qalʼa) shaharning shahristoni hisoblanadi. Bu yerda davlat muassasalari, banklar, universitet (18S7) va boshqa bor. Bombay markazida katta Kroford bozori (1871) joylashgan. Bombay yaqinida Tarapur AES bor. Shahar 16 a.dan maʼlum.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrir- www.mcgm.gov.in (Wayback Machine saytida 2017-10-28 sanasida arxivlangan) — Mumbay shahrining veb-sayti
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |