Jandauletov Muratbek Omarbekovich (1946-yil 2-may, Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani) – sovet va qozoq arxitektori hisoblanadi.

Jandauletov Muratbek Omarbekovich
qozoqcha: Мұратбек Омарбекұлы Жандәулетов
Tavalludi 1946-yil 2-may
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRQozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Kasbi Arxitektor
Mukofotlari Qozogʻiston Davlat mukofoti (1978)

Hayoti

tahrir

Jandauletov Muratbek Omarbekovich 1946-yilning 2-may sanasida Oʻzbekiston SSSR tarkibidagi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tugʻilgan.

1970-yilda Qozog‘iston politexnika institutining arxitektura va qurilish fakultetini tamomlagan.

1970-yildan 1986-yilgacha boʻlgan davrda „Qaragandagorselproekt“ Davlat institutining 1-sonli arxitektura va rejalashtirish ustaxonasida ishlagan hamda u yerda rahbar lavozimigacha koʻtarilgangan. 1986-yildan 1988-yilgacha esa Qaragʻandi shahrining bosh arxitektori boʻlgan. 1988-yildan 1992-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida esa Olmaota shaharning bosh ustaxonasi boshqaruvchisi boʻlgan. 1992-yilda Qozogʻiston mustaqilligi eʼlon qilinganidan keyin „Almati“ Masuliyati Cheklangan Jamiyatini boshqargan. 1993-yildan 1996-yilgacha „Almati“ MChJ bilan birgalikda „Shahar“ ijodiy kompaniyasini ham boshqargan.

Jandauletov Muratbek Omarbekovichning loyihalariga Qaragʻandi shahridagi „Stepnoy“ (1975–1980) va Jezkazgʻon shahridagi „Pribrejniy“ (1981–1986) tajriba mikrorayonlari, Qaragʻandining markaziy qismi kiradi. Olmaota viloyatining shu nomli qishlogʻida Ilyos Jansugurov muzeyini qurish, Qaragʻanda hayvonot bogʻini rekonstruksiya qilish, Yasiboy, Sabinikoʻl, Toʻraygʻir va Birjonkoʻl koʻllari yaqinida dam olish maskanlarini qurish ishlari ham Muratbek Jandauletovga ishonib topshirilgan loyihalar hisoblanadi. Shuningdek, Bayanaul milliy bogʻi hududi, Olmaota shahri va Olmaota viloyatida joylashgan Qozogʻiston Respublikasining Olimpiya tayyorgarlik markazi qurilish ishlari ham Muratbek Jandualetovga ishonib topshirilgan.

Mukofotlari

tahrir

Jandauletov Muratbek Omarbekovich 1978-yilda Qozogʻiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. "Qazaqstan": Ұlttiq ensklopediya/Bas redaktor Ә. Nisanbaev – Almati „Qazaq ensiklopediyasi“ Bas redaksiyasi, 1998 ISBN 5-89800-123-9
  2. Qazaq mәdenietі. Ensiklopediyaliq aniqtamaliq. Almati: „Aruna Ltd.“ JShS, 2005 ISBN 9965-26-095-8