Murod Nazarov
Murod Nazarov — Murad Buildings qurilish kompaniyasi asoschisi.[1]
Murod Nazarov Мурад Назаров | |
---|---|
Murodjon Nazarov | |
![]() Sarmoyador, tadbirkor | |
Asl ismi | Murodjon Nazarov |
Tavalludi |
16-noyabr 1980-yil (41 yosh) |
Fuqaroligi | O'zbekiston |
Turmush oʻrtogʻi | Umida Nazarova |
Universitet |
|
Mukofotlari |
![]() |
Bolalari | 14 nafar |
Sayt | mbc.uz |
BiografiyasiTahrirlash
Murod Nazarov 16-noyabr 1980-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. O'rta maktabni tugatgach, 1997-2001- yillarda Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutiga talabalikka qabul qilinadi va shu 2000-2001 yili bir vaqtning o’zida Yaponiyaning TSUKUBA universitetida ham o’qiydi. 2003-2005 yillar Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini magistraturasini ham tamomlaydi[2].
Shahsiy hayotTahrirlash
Murod Nazarov oilali, 14 nafar farzandning otasi. Turmush o’rtog’i Umida Nazarova bilan 2002 yilda turmush qurgan va 3 qiz 2 o’g’il farzand ko’rgan. 2021 yilning so’nggi kunlarida Nazarov Toshkent shahridagi ,,Mehribonlik uyi” dan 9 nafar (2 o’g’il 7 qiz) bolani o’z tarbiyasiga oldi. Murod Nazarov hozirda 14 nafar farzandlarning baxtli otasi[3].
FaoliyatiTahrirlash
- 2003-2013 yil “ISA NABI” MCHJ taʼsischisi va bosh direktori.
- 2010-2015 yil “AVALON GROUP” MCHJ taʼsischisi va direktori
- 2014 “MURAD BUILDINGS” brendi taʼsischisi va mazkur brend ostida faoliyat olib boruvchi qator kompaniyalarning bosh maslahatchisi[4].
- 2015 yil “FRANCHISING INVEST” MCHJ taʼsischisi va direktori[5].
- 2017 yil “MURAD BUILDINGS” xususiy korxonasi taʼsischisi va direktori.
- 2019 yildan Toshkent shahar kengashi deputati.
MukofotlarTahrirlash
- 2011-yil "O‘zbekiston Mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoni.
- 2017-yil “O‘zbekiston” ko‘krak nishoni.
- 2017-yil „Shuhrat“ medali.
- 2020-yil “Mehr-Saxovat” ko‘krak nishoni.