Murod Xidir (1939-yil Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Olaqoʻyliq qishlogʻi) — taniqli oʻzbek adibi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Murod Xidir
Tavalludi 1939-yil
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Olaqoʻyliq qishlogʻi
Vafoti 2023-yil 17-aprel
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani
Kasbi yozuvchi
Ijod qilgan tillari oʻzbek tili
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Janr nasr
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

Murod Xidir 1939-yilda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Olaqoʻyliq qishlogʻida tavallud topgan[1]. Oʻrta maktabni aʼlo baholarga tamomlab, Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi. 1962-yildan oʻquvchilarga adabiyotdan dars bera boshlagan.

Faoliyati

tahrir

Murod Xidir bolaligidan jurnalistika sir-asrorlari bilan qiziqqani uchun „Qashqadaryo haqiqati“, „Kelajak tongi“ gazetalari redaksiyalarida faoliyat olib borib, oʻzining publitsistik maqolalari bilan elga tanila boshlagan. „Guliston“, „Sharq yulduzi“ va „Sanʼat“ jurnallarida ham faoliyat yuritgan. U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida ham turli lavozimlarda ishlab keldi. Shu bilan bir qatorda „Sirli olam“ jurnali, „Qalb koʻzgusi“, „Sohibqiron yulduzi“ gazetalarining bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi.

Adibning „Qirgʻoqlar“, „Amu sohillari boʻylab“, „Koʻzacha va butacha“, „Toshqoʻl“, „Kiyikcha va boʻynoq“, „Harf oʻyini“ nomli kitoblarini bolalar ham kattalar ham sevib oʻqiydi. Murod Xidir ijodi oʻzgachaligi va samimiyligi bilan ajralib turadi va shu sifatlari bilan kitobxonni oʻziga tortadi. Shu oʻrinda uning „Kumush qoʻgʻirchoqlari“ nomli inshosida ota-bobolar tomonidan qoʻllanilgan qadimiy taʼlim-tarbiya usullarini maʼqullab, mard kishilar boʻlishi uchun ularni chaqaloqlikdanoq oʻz ixtiyoriga qoʻyib tarbiyalash mavzulari ochib berilgan.

Vafoti

tahrir

Adib 2023-yil 17-aprel kuni olamdan oʻtdi. Marhum oʻzi tugʻilib oʻsgan maskandagi Gʻoyib ota qabristoniga dafn etildi[2].

Manbalar

tahrir
  1. "Oyina" https://oyina.uz/uz/posts/15970
  2. "Jurnalist va yozuvchi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta.uz" https://www.gazeta.uz/oz/2023/04/18/murod-xidir/