Musa Barrow (1998-yil 14-noyanrda tugʻilgan) Gambiyalik professional futbolchi. A Seriyaning Bolonya klubida va Gambiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[2].

Musa Barrow
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Musa Barrow
Tavallud sanasi 14-noyabr 1998-yil (1998-11-14) (25 yosh)
Tavallud joyi Kanifing Estate, The Gambiya
Boʻyi 1.85 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bologna
Raqami 99
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hawks
2016—2018 Atalanta
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2021 Atalanta 41 (4)
2019—2021Bologna (ijara) 56 (17)
2021- Bologna 34 (6)
Milliy terma jamoa
2018 Gambiya U23 1 (1)
2018- Gambiya 28 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Dastlabki faoliyati tahrir

Barrow „Atalanta“ga 2016-yilda Gambiyadan kelib qoʻshildi va u yerda yoshlar tarkibidagi birinchi uchrashuvida ikkita gol urdi[3]. U 2018-yilda yoshlar safida 15 oʻyinda 19 ta gol urganidan keyin asosiy tarkibga qoʻshildi[4].

Atalanta tahrir

Barrow professional debyutini 2018-yilning 30-yanvarida „Atalanta“ safida Italiya kubogi doirasida Juventus" ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[5]. U A seriyadagi debyutini 2018-yilning 10-fevralida „Atalanta“ safida „Krotone“ga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazdi[6].


2019-yil 18-sentabrda Barrow Chempionlar ligasidagi debyutini Zagrebning „Dinamo“siga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[7].

Bologna tahrir

2020-yilning 17-yanvarida Barrow 13 million yevro toʻlov evaziga sotib olish majburiyati bilan Atalantadan Bolognaga ijaraga oʻtadi[8]. Uning transferidan koʻp oʻtmay, Barrow Sinisha Mixaylovich qoʻl ostida asosiy hujumchiga aylandi. Yanvar oyida kelganiga qaramay, mavsumning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi. 2021-yil 2-iyulda Bologna uning toʻliq sotib olib, oʻz jamoasiga qoʻshib oldi[9].

Xalqaro faoliyati tahrir

2018-yil 1-iyun kuni Barrow Marokash U23 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Gambiya U23 terma jamoasi safida ushbu oʻyindagi yagona golni kiritdi[10].

Barrow 2018-yil 8-sentabrda Gambiya terma jamoasi safida Jazoir qarshi kechgan Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasidagi oʻyinda debyut qildi[11].

U 2021-yilgi Afrika Millatlar kubogi musobaqasida oʻynadi va 2 ta gol urdi[12][13]. Bu musobaqa uning jamoasi uchun birinchi qitʼa turniri edi va ular shov-shuvli tarzda yarim finalgacha yetib borishdi.

Faoliyati statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Atalanta 2017-18 A seriya 12 3 2 0 14 3
2018-19 A seriya 22 1 2 0 6 4 30 5
2019-20 A seriya 7 0 0 0 1 0 8 0
Jami 41 4 4 0 7 4 52 8
Bologna (ijara) 2019-20 A seriya 18 9 0 0 18 9
2020-21 A seriya 38 8 2 1 40 9
Bologna 2021-22 A seriya 34 6 1 0 35 6
Jami 90 23 3 1 93 24
Faoliyatidagi jami 131 27 7 1 7 4 0 0 145 32

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Gambiya 2018 3 0
2019 6 1
2020 2 1
2021 7 0
2022 10 3
Jami 28 5
Musa Barrou tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2019-yil 12-iyun Stade de Marrakech, Marrakesh, Marokash   Marokash 1-0 1-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2020-yil 16-noyabr Mustaqillik stadioni, Bakau, Gambiya   Gabon 2-0 2-1 2021 Afrika Millatlar Kubogi saralashi
3 2022-yil 16-yanvar Limbe stadioni, Limbe, Kamerun   Mali 1-1 1-1 2021 Afrika Millatlar Kubogi
4 2022-yil 24-yanvar Kouekong stadioni, Bafoussam, Kamerun   Gvineya 1-0 1-0 2021 Afrika Millatlar Kubogi
5 2022-yil 29-may Zabeel stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Birlashgan Arab Amirliklari 1-1 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar tahrir

  1. „Musa Barrow“ (italyancha). Bologna F.C. (17-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
  2. „Musa Barrow - TheSportsDB.com“. www.thesportsdb.com. Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  3. „Vivaio, Primavera: alla scoperta di... Musa Barrow“. www.atalanta.it. 2018-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2018-yil.
  4. „Atalanta, ecco il gioiellino Musa Barrow. Ha già schiantato la Juve“.
  5. Sport. „Higuain gol, Buffon para rigore: Atalanta-Juve 0-1“.
  6. „Crotone 1 - 1 Atalanta - Football“. the Guardian.
  7. „Champions League (Sky Sports)“ (inglizcha). SkySports. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
  8. „UFFICIALE: Musa Barrow è un giocatore del Bologna“. Qaraldi: 18-yanvar 2020-yil.
  9. „Barrow purchased outright“. Bologna F.C. 1909 (2-iyul 2021-yil).
  10. „U-23 dents Morocco in Int'I friendly - The Point Newspaper, Banjul, The Gambia“. thepoint.gm. 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2022-yil.
  11. „CAN 2019 : l'Algérie neutralisée en Gambie“. Afrik-Foot (8-sentabr 2018-yil).
  12. https://www.cafonline.com/total-africa -cup-of-nations/matches/2021/2243295/lineups
  13. „The Gambia name squad for first Nations Cup finals“. BBC Sport.