Musʼhaf
(Mushafdan yoʻnaltirildi)
Musʼhaf (arab. — sahifalangan) — xalifa Abu Bakr Siddiq (r.a) davrida Qur’onning kiyik terisidan boʻlgan sahifalarga yozilgan toʻplami, sahifalangan Qurʼon. Xalifa Usmon ibn Affon (r.a)davrida koʻchirilgan Qurʼon nusxalari M.lar deb nomlangan. Keyinchalik kitob shaklidagi Qurʼonning har bir nusxasi M. deb nomlanavergan. Toshkentda Oʻzbekiston musulmonlari idorasida saqlanadigan Qurʼon qoʻlyozmasi (7asr) ham M.ning eng qadim nusxalaridan biridir.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |