Musicha (Spilopelia senegalensis) — kaptarsimonlar oilasi gʻurraklar urugʻiga mansub qush. Dumi uzun, boshqa kaptarsimonlarga nisbatan kichik. Tanasining orqa tomonidagi patlari bir xil kulrang, boʻyni orqasida qora rangli yarim halqasi bor. Urugʻning boshqa turlaridan gavdasining kichikligi (uz. 14—30 sm), daraxtlar shoxiga in qurmasligi bilan farq qiladi.

Musicha

Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan, turar joylar yaqinida yashaydi. Binolarning boʻgʻotlariga in quradi, 2—3 ta tuxum qoʻyadi. Bir yilda bir necha marta bola ochadi. Oʻtroq yashaydi. Oʻsimliklar urugʻi, jumladan, don va non uvoqlari bilan oziqlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil