Muso sayramiy, Mulla Muso ibn Mulla Isoxoʻja Sayramiy (1836-yil 23-avgust, Sayram tumani, Sharqiy Turkiston — 1917) — tarixchi, davlat arbobi, mudarris, adib va shoir. Muso Sayramiy uygʻur olimi Mulla Usmon oxun xalfadan Qurʼon, hadis, tarix, adabiyot, ilmi nujum, geografiya, arab va fors tillarini oʻrgangan. "Mulla Muso", "Bola mulla", "Mulla abjad" nomlari hamda "Sayramiy" taxallusi bilan shuhrat qozongan[1]. 19-asrning oʻrtalarida Sharqiy Turkistonda tashkil toptan uygʻur davlati maʼmuriyatida har xil lavozimlarda ishlagan. Muso Sayramiy "Tazkiratul-avliyo, fi muftaxul imon" ("Avliyolar tazkirasi — imon kaliti", 1885), "Dar bayoni As-hobul qahf" ("Gʻor kishilari haqida", 1903), "Tarixi Aminiya" (1903), "Tarixi Hamidiya" (1908) kabi tarixiy asarlar va "Devoni masnaviy" (1907) sheʼrlar toʻplami, "Salomnoma" (1916) nomli asarlar muallifi. "Tarixi Aminiya" asarida Turkiston — Moʻgʻulistonda hukm surgan xonliklar va xonlar, Yorkend xonligi (1465 — 1759), uni Manjur-Xitoylar tomonidan bosib olinishi, yerli aholining mustaqillik uchun kurashlari hikoya qilingan[2]. Muso Sayramiy asarlari Turkistonning 14—19-asrlar tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. [3]

Manbalar

tahrir
  1. МОЛЛА МУСА САЙРАМИ
  2. Location of Sairam is shown on Map 1 in Kim (2004), before p. 1; it's 赛里木 (Sailimu) on modern Chinese maps.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil