Mustafo Kamol Otaturk koʻchasi (Toshkent)

Mustafo Kamol Otaturk koʻchasi — poytaxt markazidagi koʻchalardan biri. Islom Karimov va Alisher Navoiy koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1 km atrofida.

Mustafo Kamol Otaturk koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Uzunligi 1 km
Avvalgi nomlari Erjar koʻchasi
S. M. Kirov koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Mustafa Kemal Atatürk
Koʻchada joylashgan binolar Navoiy teatri
Oʻzbekiston akademik rus drama teatri
Toshkent shahar kasaba uyushmalari kengashi
„Zarafshon“ restorani

XIX asrning 2-yarmida tashkil topgan. 1934-yilgacha Erjar nomi bilan yuritilgan. 1934-yil 21-dekabrda shoʻrolar siyosat arbobi S. M. Kirov (1886-1934), 1992-yil 27-aprelda Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk (1881-1938) nomi berilgan[1].

Yoʻnalishida Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri, Oʻzbekiston rus akademik drama teatri, shahar kasaba uyushmalari kengashi, „Zarafshon“ restorani, „Alp Jamol“ banki, Qimmatbaho metallar agentligi va supermarketlar joylashgan. Buxoro, Matbuotchilar va Istiqlol koʻchalari bilan kesishadi. Yaqinida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy bank, Toshkent universal savdo markazi, Yoshlar ijod saroyi, „Nuroniy“ jamgʻarmasi, „Mustaqillik maydoni“ metro bekati, „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining gazeta korpusi va bosmaxonasi bor.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.