Musulmonlar yangi yili
Musulmonlar yangi yili (arabcha: رأس السنة الهجرية) — Islom taqvimi boʻyicha yil boshi Muharram oyining birinchi kunidan boshlanadi. Bu kunni nishonlashning maxsus usullari mavjud emas[1]. Qolaversa, nasroniy davlatlaridan farqli ravishda, aksariyat Islom davlatlarida yil almashadugan kun bayram hisoblanmaydi, bu kunda masjidlarda faqat hijrat haqida maʼruzalar qilinadi[2].
Musulmon yilida kunlar soni Grigoriyan taqvimidan 11-12 kunga qisqa boʻlgani uchun (taqvim quyosh taqvimiga emas, oy taqvimiga asoslanadi), uning boshlanish sanasi Grigorian tizimida „koʻchuvchi“ boʻlib, har yili maʼlum bir kunga oʻzgaradi. Baʼzi islom tashkilotlari yangi oy chiqishini (va shu tariqa yangi yilni) oyning mahalliy kuzatuvlari asosida aniqlashni afzal koʻrsalar-da, islom taqvimiga amal qiluvchi aksariyat mamlakatlar (masalan, Saudiya Arabistoni) va islom institutlari[3], sanalarni aniqlash uchun astronomik hisoblardan foydalanadi.
Musulmonlar, shu jumladan, nasroniy mamlakatlarida yashovchilar, Yangi yilni Islom va yoki nasroniy taqvimi boʻyicha nishonlamaydi, chunki musulmonlarning Yangi yili bayram hisoblanmaydi. Yangi yil bayramini nasroniy taqvimi boʻyicha nishonlash esa Yakkaxudolik tamoyilini buzish deb baholanadi[4][5][6]. Musulmon mamlakatlarida Yangi yilni nasroniy taqvimiga koʻra nishonlash oddiygina qilib aytganda „tavsiya etilmaydi“ yoki toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlangan. Misol uchun, shariat qonunchiligi asosida yashaydigan Bruney sultonligida nasroniy taqvimi boʻyicha Yangi yilni nishonlash jarima yoki 5 yilgacha qamoq bilan jazolanadi[7]. Sobiq sovet ittifoqidan nasroniy Yangi yilini nishonlash anʼanasini meros qilib olgan postsovet musulmon mamlakatlarida nasroniy Yangi yilini nishonlash anʼanasini Navroʻz bayrami bilan almashtirish tendentsiyasi kuzatib kelinadi[8][9][10].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Al-Hijra (1 Muharram): New Year's Day“ (en). BBC. 2012-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-dekabr.
- ↑ Мусульманский новый год
- ↑ „Islamic Crescents' Observation Project: Saudi Dating System“. 2010-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
- ↑ Zapretit Noviy god?
- ↑ Predstaviteli razlichnix techeniy islama v Dagestane predlagayut veruyuщim ne otmechat Noviy god
- ↑ „Nachinat nujno ne s zapreta prazdnikov, a s priziva k poryadochnosti“. Teolog o Novom gode
- ↑ V kakix stranax zapretili Rojdestvo i Noviy god
- ↑ Noviy god ili Navruz: pochemu v Tadjikistane Noviy god teryaet svoyu magiyu
- ↑ Muftiy prizval tadjikov ne prazdnovat Noviy god
- ↑ Noviy god — ne tolko 31-dekabrya
Adabiyotlar
tahrir- Butun dunyo boʻylab yangi yil bayramlarining Crump WD entsiklopediyasi. Makfarlend, 2014. 319 b.