Mutolaa
Mutolaa – kitoblarning elektron, audio hamda video formatidagi tizimli platformasi[1]. Ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi „Yoshlar uchun ming kitob“ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori asosida Yoshlar ishlari agentligi va Xalq banki hamkorligida yaratilgan[2]. 2023-yil yakunida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga „Mutolaa“ dasturi orqali yosh kitobxonlar sonini 1,5 million nafarga yetkazish rejalashtirilgani haqida axborot berilgan[3][4].
Maqsadi | Kitobxonlik madaniyatini oshirish |
---|---|
Joylashuvi | Toshkent shahri |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Asoschi(lar)i | Sirojiddin Olimov |
Vebsayti | Rasmiy telegram kanal |
Til(lar)i | Oʻzbek |
Manbalar
tahrir- ↑ „“Mutolaa” loyihasi“ (uz) (2024-yil 27-aprel). Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Yangi virtual kutubxona — “Mutolaa” ilovasi yarim million marta yuklab olindi“ (uz) (2024-yil 24-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Toshkentda o‘zbek tilidagi kitoblar va audiokitoblardan iborat Mutolaa mobil kutubxonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi“ (uz) (2024-yil 1-may). Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.
- ↑ „“Mutolaa” loyihasining keng ko‘lamli taqdimoti va “Qo‘rqma” filmi premyerasi o‘tkazildi“ (2024-yil 29-aprel). Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.