Muzbel tizmasi
Muzbel tizmasi — Chatqol togʻlari tarkibi (Toshkent viloyati)dagi tizma. Teraklisoy qavzasida joylashgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Uzunligi 20 km. Eng baland joyi 2510 m. Oʻrta karbon davrining granodiorit, granit, ohaktosh, slanets, qumtoshlaridan tuzilgan. Unchalik parchalanmagan, simmetrik joylashgan, yon bagʻirlardagi soylar (Qorabuzuqsoy, Revashte) buloqlardan toʻyinadi. Jigarrang tuproqlarda siIrak archazorlar tarqalgan. Quyi yarusda butalar, bugʻdoyiq va boshqa turli oʻtlar oʻsadi. Yozgi yaylov si-fatida foydalaniladi, mahsuldorligi gektariga 3—5 s.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |