Muzlik davri (inglizcha: Ice Age) – 2002-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh kompyuterli animatsion filmi; Muzlik davri franshizasidagi birinchi film. Blue Sky Studios studiyasi tomonidan ishlangan, 20th Century Fox kinokompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Chris Wedge rejissyorlik qilgan. Film bosh qahramonlariga Ray Romano, John Leguizamo, Denis Leary, Goran Višnjić va Jack Black ovoz bergan.

Muzlik davri
Ice Age

Film posteri
Rejissyor(lar) Chris Wedge
Prodyuser(lar) Lori Forte
Ssenariynavis(lar) Michael Berg
Michael J. Wilson
Peter Ackerman
Rollarda
Bastakor(lar) David Newman
Muharrir(lar) John Carnochan
Studiya(lar) Blue Sky Studios
20th Century Fox Animation
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
  • 15-mart, 2002-yil(2002-03-15) (AQSh)
Davomiyligi 81 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $59 million[1]
Daromadi $383,2 million[1]
Keyingi film Muzlik davri: Jazirama issiq

Mazmuni tahrir

Film voqealari muzlik davrida sodir boʻladi. Havolar sovishni boshlagani ortidan butun hayvonlar janubga migratsiya qilishni boshlaydi. Sid ismli besoʻnaqay yalqov ikki karkidon hujumiga uchraganda, Manny ismli serjun mamont uni qutqarib qoladi. Ayni zamonda Soto ismli qilich tishli yoʻlbarslar toʻdasi yoʻlboshchisi birodarlarining oʻlimi uchun odamlar qabilasidan oʻch olishni istab, qabila yetakchisining oʻgʻli – Roshan ismli goʻdakni oʻgʻirlashni maqsad qiladi. Diego Roshan va uning onasini qoʻldan chiqarganda, Soto unga goʻdaksiz toʻdaga qaytmasligini aytadi. Sid va Manny daryo boʻyida Roshan va uning jarohatlangan onasini topib olishadi. Roshanning onasi oʻlimidan oldin ularga oʻgʻlini ishonib topshiradi. Diego Sid va Mannyga goʻdakni uyiga qaytarishda yordamlashishini aytadi, ammo uning asl rejasi Roshan va Mannyni Sotoning yoniga olib borish boʻladi. Shunday qilib, uchovlon sayohatga yoʻl olishadi. Manny va Sid bilan yaqin doʻst boʻlib qolgan Diego ularni Soto qoʻygan pistirma haqida ogohlantiradi. Uchovlon pistirmaga yoʻliqqanda, Sotoning toʻdasiga pand beradi, ammo Diego Mannyni qutqarayotib jarohat oladi. Manny va Sid Roshanni odamlar qabilasiga qaytaradi. Pirovardida Manny, Sid va Diego boshqa hayvonlar bilan janubga migratsiya qiladi.

Ovoz berganlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Ice Age (2002)“. Box Office Mojo. Box Office Mojo, LLC. Qaraldi: 23-iyul 2009-yil.
  2. Tara Strongning rasmiy veb-sayti[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]

Havolalar tahrir