My Heart Will Go On“ kanadalik qoʻshiqchi Celine Dion ijro etgan qoʻshiqdir. James Cameron tomonidan suratga olingan Titanic filmi asosiy taronasi oʻlaroq tanilgan. Qoʻshiq musiqasi James Horner tomonidan yaratilgan. Qoʻshiq matnini esa Will Jennings yozgan[1][2].

„My Heart Will Go On“
Celine Dion qoʻshigʻi
„Let's Talk About Love“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 24-noyabr 1997-yil
Yozib olingan 22-may 1997-yil
Studiya Wallyworld, The Hit Factory
Janr Pop
Davomiyligi
  • 4:40 (albom versiyasi)
  • 5:11 (saundtrek versiyasi)
Leybl
  • Columbia
  • Epic
Bastakor(lar) James Horner
Lirik ijodkor(lar) Will Jennings
Prodyuser(lar)
Celine Dion singllari xronologiyasi
„The Reason“
(1997)
My Heart Will Go On
(1997)
„Immortality“
(1998)
James Horner singllar xronologiyasi
„An Ocean of Memories“ My Heart Will Go On
(1997)
„Hymn to the Sea“
Klipi
„My Heart Will Go On“ YouTubeda

Tarona Dionning Let's Talk About Love (1997) nomli studiyaviy albomiga kiritilgan. 1997-yilning 24-noyabrida singl oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq global miqyosda hitga aylangan. AQSh, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Birlashgan Qirollik, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shveysariya va Vengriya kabi yigirma beshdan oshiq mamlakatlar chartlarida eng yuqori pogʻonani egallagan.

„My Heart Will Go On“ qoʻshigʻi Dionning „tashrif qogʻozi“ oʻlaroq koʻriladi[3]. Ashula umumjahon boʻylab 18 milliondan ortiq nusxada sotilgan[4][5]. Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi va Milliy sanʼat fondi tomonidan tuzilgan „Asr qoʻshiqlari“ (inglizcha: Songs of the Century) roʻyxatiga kiritilgan. Qoʻshiq uchun Bille Woodruff rejissorligida klip suratga olingan. Klip 1997-yilning oxirida omma eʼtiboriga havola etilgan. Bundan tashqari, Dion 2017-yilning 21-mayida Billboard Music Awards taqdirlash marosimida Titanic filmining 20 yilligi sharafiga qoʻshiqni ijro etgan[6].

Manbalar tahrir

  1. „41st Annual GRAMMY Awards – Record Of The Year“. National Academy of Recording Arts and Sciences. Qaraldi: 15-noyabr 2012-yil.
  2. Roberts, David. British Hit Singles & Albums, 19th, London: Guinness World Records Limited, 2006 — 137 bet. ISBN 1-904994-10-5. 
  3. Caramanica, Jon. „Emotions With Exclamation Points“. The New York Times (17-sentabr 2008-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2010-yil.
  4. Inc, Nielsen Business Media. Billboard (inglizcha). Nielsen Business Media, Inc., February 28, 1998. 
  5. „The 50 best pop songs written for movies“ (inglizcha). The Telegraph. Qaraldi: 12-yanvar 2018-yil.
  6. „Celine Dion to Sing 'My Heart Will Go On' at Billboard Music Awards“. Newsweek (8-may 2017-yil). Qaraldi: 2017-yil 20-may.

Havolalar tahrir