Myron Boadu (talaffuzi: Myron Boadu; 2001-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Liga 1 ning „Monaco“ klubi va Gollandiya milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Myron Boadu
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Myron Boadu
Tavallud sanasi 14-yanvar 2001-yil (2001-01-14) (23 yosh)
Tavallud joyi Amsterdam, Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
Boʻyi 1.83 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AS Monaco
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SC Buitenveldert
2013—2017 AZ Alkmaar
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2019 Jong AZ 10 (6)
2017—2021 AZ Alkmaar 64 (32)
2021- AS Monaco 32 (5)
Milliy terma jamoa
2015—2016 Niderlandiya U15 5 (0)
2016 Niderlandiya U16 2 (0)
2016—2018 Niderlandiya U17 9 (2)
2018—2019 Niderlandiya U19 2 (0)
2019- Niderlandiya U21 17 (12)
2019- Niderlandiya milliy futbol terma jamoasi 1 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-iyun 2022-yil uchun)

Gollandiyaning Amsterdam shahrida tugʻilgan Boadu asli ganalik hisoblanadi[1]. Myron Boadu 2013-yilda AZ akademiyasiga qoʻshilgan. 2018-yilda u Eredivizi PEC Zvollega qarshi oʻyinda klub uchun raqobatbardosh debyut qildi. Myron Boaduzoq muddatli jarohatlar bilan kurashgandan soʻng, Boadu 2019-20-yilgi mavsumdan boshlab „AZ“da muntazam oʻyinchi sifatida harakat qildi. Xalqaro maydonda Boadu Niderlandlar milliy futbol terma jamoasini yoshlar toifasida himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati tahrir

AZ Alkmaar tahrir

Boadu 2013-yilda „AZ“ akademiyasiga qoʻshilishdan oldin SC Buitenveldertda oʻynay boshladi. Myron Boadu 2016-17-yilgi mavsum oldidan oʻrinbosarlar jamoasiga kiritilgunga qadar yoshlar safidan oʻtgan. 2016-yil 3-sentabrda u „AZ“ zaxiralari uchun debyutini Excelsior Maassluisga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va 23-daqiqada gol urdi[2]. Zahirachilar uchinchi divizion mavsumi yakunida chempion boʻlishdi va Gollandiya ikkinchi divizioniga koʻtarilishdi. 2017-yilda Boadu AZ ning asosiy jamoasiga kiritildi, ammo tizzasidan olgan jarohati tufayli deyarli butun 2017—2018-yil mavsumida btunlay safdan chiqdi. 2018-yil 6-may kuni u Erediviziya mavsumining soʻnggi oʻyinida PEC Zvollega qarshi oʻyinda „AZ“ uchun professional debyut qildi. Myron Boadu 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, oʻz uyida 6:0 hisobida gʻalaba qozongan Mats Seuntyens oʻrniga maydonga tushdi[3].

2018-yil 12-avgustda Boadu oʻzining birinchi professional golini „NAC Breda“ klubiga qarshi oʻyinda kiritdi. Shunday qilib, u Erediviziyada 17 yoshu 212 kunligida AZ uchun gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi[4]. Keyingi hafta u „FC Emmen“ klubiga qarshi oʻyinda yana gol urdi.

2018-yilning 16-sentabr kuni „Feyenoord“ klubiga qarshi uy uchrashuvida Boadu Erik Bottegin bilan toʻqnashuvdan soʻng toʻpigʻini sindirib oldi[5]. Keyin u yetti oyga safdan chiqdi[6][7]. Myron Boadu 2019-yilning 20-aprelida mehmonda „Feyenoord“ga qarshi oʻyinda „AZ“ jamoasiga qaytdi[8].

2019—2020-yilgi mavsumda Boadu oʻzini „AZ“ jamoasining asosiy yetakchisi sifatida koʻrsatdi va Erediviziyada, shuningdek, klubning Yevropa Ligasi doirasida muhim gollarni urdi. Myron Boaduning saralash bosqichida „BK Hacken“ va „Royal Antverpen“ga urgan gollari „AZ“ning turnirning guruh bosqichidan joy olishiga yordam berdi[9][10].

Monaco AS tahrir

2021-yil 4-avgust kuni „Monako“ Boadu bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[11]. Maʼlum qilinishicha, kelishuv 17 000 000 yevroga tushgan[12]. 2021-yil 26-sentabrda u Klermont -Futda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda assistentlik amalga oshirdi[13]. Myron Boadu „Monako“ safidagi ilk golini 21-oktyabr kuni Yevropa ligasida „PSV Eyndxoven“ga qarshi oʻyinda (1:2) kiritdi[14]. Myron Boadu oʻzining uchinchi golini „Sent-Eten“ klubiga qarshi oʻyinda „Monako“ safida ketma-ket uchta oʻyinda kiritdi[15].

Xalqaro darajadagi faoliyati tahrir

2019-yil 19-noyabr kuni Boadu Gollandiya terma jamoasi safida Estoniyaga qarshi Yevro-2020 saralash oʻyinida debyut qildi va 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, beshinchi va yakuniy golini kiritdi. Myron Boadu shuningdek, 21-asrda tugʻilgan Gollandiya terma jamoasi safida maydonga tushgan va gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Oʻyin uslubi tahrir

Boaduga „zamonaviy brakoner“ yaʼni, gol urishga aniq eʼtibor qaratadigan hujumchi sifatida baho beriladi. Myron Boadu butun Niderlandiya futbolini yoyishga eʼtibor qaratadigan AZ Alkmaar maktabining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi[16].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klubdagi natijalari tahrir

2022-yil 21-may holatiga ko`ra[17]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Jong AZ 2016-17 Tweede Diviziyasi 9 6 9 6
2017-18 Eerste Divisie 0 0 0 0
2018-19 Eerste Divisie 1 0 1 0
Jami 10 6 10 6
AZ 2017-18 Eredivisie 1 0 0 0 0 0 1 0
2018-19 Eredivisie 8 3 0 0 2 0 10 3
2019-20 Eredivisie 24 14 2 0 13 6 39 20
2020-21 Eredivisie 31 15 1 0 6 0 38 15
Jami 64 32 3 0 21 6 88 38
Monaco 2021-22 Ligue 1 31 4 3 1 8 1 42 6
Jami faoliyati 105 42 6 1 29 7 0 0 140 50

Xalqaro maydonda tahrir

Gollandiyaning gollari soni va natijalari birinchi boʻlib.
Raq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2019-yil 19-noyabr Yoxan Kroyff Arena, Amsterdam, Gollandiya   Estoniya 5 — 0 5-0 UEFA Yevro-2020 saralashi

Manbalar tahrir

  1. „Ghanaian youngster Myron Boadu scores for AZ Alkmaar in victory over Panathinaikos“. GhanaSoccernet.
  2. „Jong AZ - Excelsior Maassluis“. Soccerway.
  3. „AZ - PEC Zwolle“. Soccerway.
  4. „AZ - NAC Breda“. Soccerway.
  5. „Zware enkelblessure AZ-spits Boadu“ (niderlandcha). telegraaf.nl. Telegraaf (16-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
  6. „Boadu baalt van verlies, maar is blij met rentree na 7 maanden blessureleed“ (niderlandcha). nos.nl. NOS (20-aprel 2019-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
  7. „Boadu: 'Waren zware maanden'“ (niderlandcha). az.nl. AZ (20-aprel 2019-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
  8. „Herstelde Boadu terug in selectie voor duel met Feyenoord“ (niderlandcha). foxsports.nl. FOX Sports (19-aprel 2019-yil). 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
  9. „Ghanaian youngster Myron Boadu nets as AZ Alkmaar knock out BK Hacken in Europa League qualifiers“. footballghana.com. Football Ghana (2-avgust 2019-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
  10. „Myron Boadu: Ghana wonderkid helps AZ Alkmaar hold Mbokani's Royal Antwerp“. goal.com. GOAL (23-avgust 2019-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
  11. „Myron Boadu joins AS Monaco on a long term contract“ (inglizcha). AS Monaco (4-avgust 2021-yil). Qaraldi: 4-avgust 2021-yil.
  12. „Official | Monaco sign Dutch striker Myron Boadu | Get French Football News“. www.getfootballnewsfrance.com. Qaraldi: 4-avgust 2021-yil.
  13. „Match“ (inglizcha). Ligue1. Qaraldi: 21-noyabr 2021-yil.
  14. „Myron Boadu : "Très heureux de marquer pour ce magnifique club"“ (fr-FR). AS Monaco (21-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 22-oktabr 2021-yil.
  15. „FRANCE, Ligue 1 St Etienne-Monaco: 1 à 4 - Football - MAXIFOOT“ (fransuzcha). www.maxifoot.fr. Qaraldi: 28-aprel 2022-yil.
  16. „Wonderkids: Myron Boadu“. Soccerment (12-yanvar 2021-yil).
  17. „M. Boadu“. Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.

Havolalar tahrir

  • Myron Boadu WorldFootball.net saytida
  • Myron Boadu at Soccerway