Nabi Rizaev
Nabi Ubaydullayevich Rizaev (1929-yil 15-mart,SSSR, Oʻzbekiston SSR, Namangan — 2000-yil 9-oktyabr) — kimyo texnologiyalari va injeneriyasi sohasida faoliyat koʻrsatgan oʻzbek olimi. Texnika fanlari doktori, professor[1].
Nabi Ubaydullayevich Rizayev | |
---|---|
Tavalludi |
15-mart 1929 |
Vafoti | 9-oktyabr 2000 |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston SSR |
Unvoni | texnika fanlari doktori, professor |
Mukofotlari | „Shuhrat“ medali |
Biografiyasi
tahrir1929-yil 15-martda O‘zbekiston SSR Namangan shahrida dunyoga kelgan.
Oʻrta Osiyo politexnika institutining kimyo-texnologiya fakulteti yogʻlar texnologiyasi yoʻnalishi boʻyicha muhandis-texnolog mutaxassisligi bilan tamomlagan (1949-yil).
1949—1950-yillarda Kattaqoʻrgʻon neft-ekstraksiya zavodida muhandis, 1950—1951-yillarda Konibodom neft-ekstraksiya zavodida bosh muhandis, 1951—1952-yillarda „Oʻzglavmolmyasoprom“da bosh muhandis boʻlib faoliyat yuritgan.
1952—1953-yillarda SSSR Davlat nazorati vazirligi qoshidagi kurslarga qatnashgan. 1953—1956-yillarda D. I. Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari kafedrasi aspiranturasini tamomlagan (ilmiy rahbar: A. G. Kasatkin). 1957-yilda „Eritmalardan erigan moddalarning adsorbsiyasiyalash sharoitida massa almashish jarayonini tekshirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2].
1957—1959-yillarda assistent.
1959—1966-yillarda jarayonlar va apparatlar kafedrasi dotsenti, laboratoriya mudiri.
1966 yildan Toshkent politexnika instituti prorektori.
1965-yilda „Eritmalardan adsorbsiyalanish sharoitida massa almashish jarayonini tadqiq etish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1969-1978 yillarda SSSR Kimyo sanoati vazirligi Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida oʻzi tomonidan yaratilgan „Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari“ kafedrasiga rahbarlik qilgan. Ilmiy-tadqiqot institutida kimyoviy tolalar va yuqori toza moddalarni olish texnologiyasining nazariy asoslari bo‘yicha ilmiy tadqiqotchilik ishlariga rahbarlik qilgan.
1978-yildan 1986-yilga qadar — oʻquv ishlari boʻyicha prorektor.
1986—1989-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti issiqlik texnikasi va gidrotexnika kafedrasi professori.
1989-yildan 1996-yilga qadar —"Gidravlika va gidravlika mashinalari" kafedrasi mudiri.
1996-yildan 2000-yilgacha „Kimyo“ kafedrasi professori .
Nabi Rizayev ekstraksiya va ion almashinish jarayonlari texnologiyasi, kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari sohasidagi ilmiy yoʻnalishlarning asoschilaridan biri.
500 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 5 ta monografiya va 42 ta ixtiro muallifi. Rahbarligi ostida 100 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqqan, 10 dan ortiq shogirdlari doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishgan. Ular orasidan akademiklar Soyibjon Neʼmatov, Zokirjon Salimov va Nodirbek Yusupbekov, professorlar I. P. Chap, M. Yusipov, V. Saidahmedov kabi ilm fidoyilari oʻrin olgan.
1982—1986-yillarda Oʻzbekiston SSR kurash federatsiyasi raisi.
SSSR Olimpiya qoʻmitasi aʼzosi.
Mukofotlari
tahrirO‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi. 2000-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
1961-yilda chiqindilardan tartarik kislota olish usulini ishlab chiqish va joriy etishdagi ilmiy rahbarligi uchun Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmalarining kumush medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ Исторический вестник, 33 (rus tili), Moskva, 2010 — 35-35-bet.
- ↑ „Ризаев, Наби Убайдуллаевич - Исследование процесса массопередачи при адсорбции растворенных веществ из растворов“.