Konibodom (tojikcha: Конибодом; forscha: کان بادام) — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida joylashgan. Katta Fargʻona kanali boʻyida. Konibodom temir yoʻl stanyasidan 6 km. Aholisi 48 ming kishi (2013-yil). Konibodom 1463-yildan Qandi Bodom deb tilga olinadi. Baʼzi adabiyotlarga koʻra, Konibodom 9—10-asrlardan maʼlum.

Konibodom
tojikcha: Конибодом
shahar
40°17′0″N 70°25′0″E / 40.28333°N 70.41667°E / 40.28333; 70.41667
Mamlakat Tojikiston
viloyat Sugʻd viloyati
{{{tuman_turi}}} Konibodom tumani
Asos solingan IX
Ilk eslatilishi 1463
Avvalgi nomlari Qandi Bodom
Qachondan beri shahar 1937
Rasmiy til(lar)i Tojik tili|tojikcha
Aholisi
 (2013)
48 ming[1]
Milliy tarkib tojiklar, oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +992 3467
Pochta indeks(lar)i 735900
Avtomobil kodi 02РТ
Konibodom tojikcha: Конибодом xaritada
Konibodom tojikcha: Конибодом
Konibodom
tojikcha: Конибодом

Sanoati

tahrir

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, yengil (paxta tozalash, toʻqimachilik, tikuvchilik), oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Badiiy hunarmandchilikning qadimdan markazi. Teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. 16—17-asrlarga mansub 2 Madrasa, anʼanaviy oʻymakorlik va kitobali (bezak yozuvli) masjidlar saqlangan.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir