Nabopalasar, Nabu aplautsur — Yangi Bobil podshohligi va xaldey shohlari sulolasi asoschisi (miloddan avvalgi 626-605-yillarda hukmronlik qilgan). 626-yil bobilliklarning Ossuriyaga qarshi qoʻzgʻoloni rahbari. Bobil 729-yil/dan Ossuriya qoʻl ostida edi. 626-yil oxirida — Bobil, 620-yil Uruk, 615-yil Nippur shaharlarini egallagan. 614-yil Midiya podshosi Kiaksar bilan ittifoq tuzgan va u bilan birgalikda Ossuriya ustidan 609-yil uzil-kesil gʻalaba qozongan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil