Nadjiye Femiyevna Ablayeva[1] (Nadjiye Femi nomi bilan tanilgan; Margʻilonda tugʻilgan) — ukrainalik jurnalist. Qrim tatarlarining birinchi radiostansiyasi „Meydan FM“ tashkil etilgan paytdan boshlab u bosh muharrir boʻlgan. Hamda jurnalist Qrim muhandislik va pedagogika universiteti oʻqituvchisi hamdir.

Nadjiye Ablayeva
Tavalludi
Nadjiya Femiyevna Ablayeva

Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Kasbi jurnalist

Hayoti

tahrir

Nadjiye Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati, Margʻilon shahrida, deportatsiya qilingan qrim-tatarlar oilasida tugʻilgan. 1980-yillarning oxirida uning oilasi Qrimga qaytib, Boqchasaroyga joylashdi[2]. U „Arab filologi“ mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega[3]. Soʻngra, qrim-tatar tilini o‘rgandi va jurnalist sifatida ish boshladi[4]. U „Trans-M-Radio“ radiostansiyasida ishlagan[5].

2005-yilda u birinchi qrim-tatar radiostansiyasi Meydan FM[6] bosh muharriri boʻldi. Keyinchalik Nadjiye bosh muharrir ishini ATR telekanalidagi boshlovchining ishi bilan birlashtirdi, u yerda „Meslekdesh“ dasturiga mas’ul edi[7]. Shuningdek, Nadjiye Sportchi Rustem Kazakov haqidagi film muallifi[8].

Nadjiye Ablayeva 2016-yilda Qrim muhandislik-pedagogika universitetining jurnalistika fakultetida dars berishni boshladi[9][10].

2017-yil sentyabr oyida u Qrimda „Canlı Radio“ („Jonli radio“) radiostansiyasini asos solgan, uning efiri madaniyat va uni yuksaltirishga bagʻishlangan[11].

U Crimantatars[12] veb-saytining koordinatori edi. Qrim tatarlarining maktublarini nashr etuvchi „Mektupler“ (Maktublar) loyihasining hammuallifi[13][14]. Oleksa Gaivoronskiyning nashrlarini oʻz ichiga olgan „Qrim mamlakati“ kitobini yaratish tashabbuskori[15]. Nadjiye 2021-yil noyabr oyida chiqqan „Qrim tatarlari milliy harakati tarixi“ multfilmining ssenariy muallifi va prodyuseridir[16].

2007-yilda u „Milli Haq“ saylov blokidan Qrim-tatar xalqi Qurultoy delegatligiga nomzod boʻlgan[17].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Nadjiye oila qurgan va uning[18] bir qizi Safiye bor[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Список участников тренинга «Судебная журналистика и освещение судебных процессов»“ (ru). ipc.org.ua (2010). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  2. 2,0 2,1 „В общем, старая песня о главном…“ (ru). avdet.org (2014-yil 11-avgust). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  3. „Наджие Феми: стала журналисткой по воле случая“ (ru). Crimeantatars.club (2016-yil 15-noyabr). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  4. „7 человек, которые выучили крымскотатарский язык самостоятельно“ (ru). avdet.org (2020-yil 21-fevral). 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  5. „Как создавался Мейдан“ (uk). atr.ua. 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  6. „В Крыму появилось крымскотатарское радио «Мейдан»“ (ru). obkom.net.ua. 2019-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  7. Кульчинський Олесь. „Нетрадиційні статеві відносини, навіть за умови їх бурхливого обговорення в суспільстві, не стануть нашою темою“ (uk). detector.media (2010-yil 18-iyul). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  8. „В Крыму отпраздновали юбилей чемпиона мира Рустема Казакова“ (ru). QHA. 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  9. „О радио, языке и культуре – в Акмесджите (Симферополь) прошёл творческий вечер Наджие Феми“ (ru). Crimeantatars.club (2017-yil 14-iyul). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  10. „Кафедра крымскотатарской литературы и журналистики“ (ru). Крымский инженерно-педагогический университет. 2021-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  11. „В Крыму появилось крымскотатарское музыкально-литературное радио“ (ru). QHA. 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  12. „В Акмесджите презентовали мультимедийный ресурс о Крыме и крымских татарах (ФОТО)“ (ru). QHA. 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  13. „Росток, пробивающий камень. Что ждет крымскотатарский народ?“ (ru). ukrinform.ru. 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  14. „Письма из прошлого: Крымскотатарские журналисты рассказали истории переписки со времен Второй мировой до сегодня“ (ru). crimea.suspilne.media. 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  15. „«Страна Крым» пришла к украиноязычному читателю“ (ru). Ислам в Украине. 2017-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  16. „В Youtube запущен анимационный фильм об истории национального движения крымских татар“ (ru). QIRIM.News (2021-yil 29-noyabr). 2021-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  17. „Списки кандидатов в делегаты Курултая“ (ru). maidan.org.ua. 2017-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  18. Аблаева Азизе. „Девушки знают, что им нужно!“ (ru). avdet (2010). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.

Havolalar

tahrir