Mahmud bin Ali bin as-Saroiyning "Nahju-l-faradis"asari XIV asrdagi turkiy nasrning muhim yodgorliklaridan biridir.Kitobning otini asar soʻngidagi Bu kitābkä «Nahju-l-faradis» deyü ism qïlïndï, ma’nisï «učmaqlarnïŋ ačuq yolï» temäk olur jumlasidan bilish mumkin. "Nahaju-l-faradis" 1357-1358 yili Oltin Oʻrdaning poytaxti Saroy shahrida bitilgan. Kunimizgacha asarning bir qancha qoʻlyozmasi saqlangan boʻlib,ular Isatanbul ,Qirm(Yalta),Qozon va Sankt- Peterburg fondlarida turibdi. Ularning orasida eng toʻliq va qadimiylari Istanbul va Qirm nusxalaridir. Qozon va Sankt- Peterburgdagi esa bir muncha keyingi yuzyilliklarga tegishli.Ular toʻliq qoʻlyozma eamas asarning ayrim boʻlimlaridir. "Nahaju-l-faradis" har qaysisi oʻn boʻlimdan iborat boʻlgan toʻrt bobdan tuzilgan. U diniy axloqiy mazmundagi asar boʻlib,etnografik,tarixiy ma'lumotlarga boy.Asar adabiy tilnigina emas, turkiy adabiyot tarixining ham yodgorligi sanaladi. Kitob ravon xalqqa tushunarli tilda bitilgan.

Manbalar

tahrir

[1]

  1. Sodiqov, Qosimjon. XIV-XVI yuzyillilaring qadimiy yodgorliklari. Toshkent: Akademnashr, 2020 — 70 bet.