Sulaymon Najafov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Sulaymon Narimon oʻgʻli Najafov (1937.25.7, Ozarbayjon Respublikasi Aqdam tumani — 1993.25.10, Jizzax) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Boku shahridagi rassomlik bilim yurtini (1968) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1976). 1976-yildan Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida, 1991-yildan Jizzax viloyat qoʻgʻirchoq teatrida rassom. N. ijodi adabiy asardagi milliy va badiiy gʻoyaning tasviriy obrazini sahna bezaklarida yaratishga qodirligi bilan diqqatga sazovor. Jizzax teatrining "Xolisxon" (1978), "Zoʻraki tabib" (1978), "Oygul va Baxtiyor" (1979), "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1979), "Vatan ishqi" (1981), "Xonuma xonim" (1982), "Katta oʻgʻil" (1984), "Qasam va vijdon" (1988) kabi, Jizzax qoʻgʻirchoq teatrining "Temirboyning sarguzashtlari" va boshqa spektakllari shular jumlasidan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |