Nallı masjidi
Nallı masjidi (turkcha: Nallı Mescit) – Imom Ali Mescidi yoki Babıali Mescidi nomi bilan ham tanilgan, XIX asr oxirida bunyod etilgan kichik masjid. Bino Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Cağaloğlu kvartalidagi Anqara koʻchasida joylashgan.
Masjid | |
Nallı masjidi | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani, Cağaloğlu kvartali |
Koordinatalar | 41°00′45″N 28°58′32″E / 41.01250°N 28.97556°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Usmonli meʼmorchiligi |
Binokorlik sanasi | 1869 yil |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Holati | amaldagi |
Nallı masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirMasjid XV asrda Usmonli imperiyasi sultoni Mehmed II Fotih (hukmronligi: 1444–1446, 1451–1481) davrida diniy olim, shoir va tasavvuf avliyosi Akşemseddinning (1389–1459) qarindoshi Imom Ali afandi tomonidan qurdirilgan. Imom Ali afandining qabri Jevdet posho kutubxonasi binosining orqa tomonida joylashgan. Mustafo Izzet afandi tomonidan yozilgan xattotlik yozuvlariga koʻra, masjid 1869-yilda qayta qurilgan. Sami afandi tomonidan ishlangan yozuvlarga koʻra esa binoning 1902-yilda qayta tiklangani aytilgan.
Arxitekturasi
tahrirMasjid eklektik meʼmoriy uslubda yaratilgan boʻlib, odatda, Hindiston va Eron meʼmorchiligida uchratish mumkin boʻlgan baʼzi detallardan foydalanilgan. Bugungi kunda inshoot qizil va oq rangga boʻyalgan, binoning asl rangi esa sariq va och jigarrang rangda boʻlgan. Masjidning oʻlchami 8.50 m × 8.50 m (27.9 ft × 27.9 ft). Sakkiz qirrali ustunning tepa qismi gumbaz bilan qoplangan. Masjidning yagona minorasi toshdan qurilgan, shuningdek, binoning bitta balkoni ham mavjud.
Masjid minorasida topilgan taqa binoning „Nallı“ (soʻzma-soʻz: taqa) deya nomlanishiga sabab boʻlgan[1].
-
Ichki koʻrinishi
-
Nallı masjidi (chapda) Istanbul gubernatorligi yonidagi Usmonlilar hukumati qarorgohi
Manbalar
tahrir- ↑ „Cağaloğlu Nallı Mescit“ (tr). TAS İstanbul. Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.