Namoz Hotamov
Namoz Hotamov — olim, tarixchi, tarix fanlari doktori (1991), professor. Tojikiston taʼlimi aʼlochisi (2003).
Namoz Hotamov | |
---|---|
Professor Namoz Hotamov | |
Tavalludi |
1946-yil 1-sentabr |
Fuqaroligi | Tojikiston |
Taʼlimi | Tojikiston Davlat universiteti |
Kasbi | O'qituvchi |
Faoliyat yillari | 1971-yildan hozirgacha |
Unvoni | Professor |
Otasi | Bosar Hotamov |
Onasi | Idimo Abdulloeva |
Tarjimayi holi
tahrirNamoz Hotamov 1946-yil 1-sentyabrda Buxoro viloyati, [[Peshko tumani|, Shoboti qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi — Bosar Hotamov ikkita katta urushda qatnashgan dehqonlardan biri hisoblangan: Sovet Ittifoqining Finlandiya bilan urushi; va Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi[1]. Onasi — Idimo Abdulloeva. 1962-yilda tojik tilida faoliyat yurituvchi oʻrta maktabni tamomlagan. 1967-yilda Tojikiston Davlat universitetining tarix fakultetini tugatgan. 1971-yilda Tojikiston Davlat universitetining Sovet Ittifoqi tarixi kafedrasiga oʻqituvchi boʻlib ishga taklif qilingan. 1971—1980-yillarda kafedrada assistent, katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ishlagan. 1980-yildan Ahmad Donish nomidagi Tarix, arxeologiya va etnologiya institutida katta ilmiy xodim sifatida ishlagan. Tojikiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida tahsilni davom ettirib, 1995-yilgacha akademiyaning tarix bo‘limi katta ilmiy xodimi va mudiri lavozimlarida ishlagan. 1991-yildan professor, keyinchalik 2001—2013-yillarda Tojikiston Tadbirkorlik va servis institutida kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan va hozirda oʻqituvchilik faoliyatini davom ettirmoqda. Namoz Hotamov Ahmad Donish nomidagi Tarix, arxeologiya va etnologiya institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish kengashi aʼzosi. Shuningdek, Tojikiston Taʼlim vazirligi huzuridagi Milliy taʼlim kengashi aʼzosi va Rossiya Federatsiyasi VAC eksperti.
Ilmiy faoliyati
tahrir1974-yilda nomzodlik, 1991-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 250 dan ortiq maqolalar, shu jumladan 3 ta darslik, 9 ta monografiya va „Tarixi xalqi tojik“ kitobining 4, 5, 6 boblari (ruscha Istoriya tadjikskogo naroda, 6 jild. Dushanbe, 1998—2011) muallifi[2]. Ahmad Donish nomidagi Tarix, arxeologiya va etnologiya ilmiy-tadqiqot instituti oʻqituvchisi. U Tojikiston Fanlar akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. Namoz Hotamov rahbarligida shogirdlari bir doktorlik, uch nafar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishgan. Tojikistondagi universitet, respublika va xalqaro anjuman va simpoziumlarda maʼruza qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Намоз Ҳотамов: Рисолати муаррих навиштани ҳақиқати таърих аст!“ (tojikcha). halva.tj (2021-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 11-iyul 2023-yil.
- ↑ „Таърихи халқи тоҷик“ (tojikcha). Qaraldi: 11-iyul 2023-yil.
Havolalar
tahrir- Tadbirkorlik va servis instituti sayti (Wayback Machine saytida 2012-04-25 sanasida arxivlangan) Boygonӣ shudaast 25 2012 yil aprel yil