Namozgoh darvozasi (Buxoro)
Namozgoh darvozasi — Buxoro darvozasi.
Namozgoh darvozasi | |
---|---|
Muqobil nom(lar)i | Eydgoh darvozasi |
Joylashuvi | |
Hudud | Buxoro viloyati |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Umumiy maʼlumotlar | |
Taʼmirlatgan hukmdor | Abdulazizxon |
Taʼmirlangan yili | 1540—1550-yillarda |
Arxitekturasi | |
Meʼmoriy uslubi | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Qurilish materiali | pishgan gʻisht |
Balandligi | 11,6 metr |
Kengligi | 13,8 metr |
Namozgoh darvozasi (Buxoro) |
Tarixi
tahrirNamozgoh darvozasi „Eydgoh darvozasi“ deb ham nomlanadi. Darvoza iyd namozlari oʻqiladigan paytda xalq yigʻilib, Shamsulmulk Nasr ibn Ibrohim qoraxoniy tomonidan barpo qilingan Namozgoh masjidiga boradigan darvoza hisoblanadi[1]. Namozgoh darvozasi qurilgan yili maʼlum bo‘lmay, Shayboniy hukmdor Abdulazizxon tomonidan 1540—1550-yillarda qayta taʼmirlanadi[2]. Shayboniy hukmdorlar qurilishning oʻziga xos qoidalariga qatʼiy amal qilish, bular — qurilishning puxta oʻrganilgan rejasi, joyning aniq va toʻgʻri tanlanishi, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, shoshma-shosharlik qilmaslik, turli xil inshootlar, shu jumladan, mudofaa devori yonida moʻʼtadil iqlimni yaratuvchi kanallar, ariqlar, bogʻlar, hovuzlarning joylashishiga asosiy eʼtiborni qaratganlar. 1920-yil kuzida shoʻrolar qizil qoʻshinlarining Buxoroga bosqini oqibatida tarixiy darvozlarga ham qattiq zarar yetdi. 1950-yillarda Namozgoh darvozasining tabaqalaridan biri olib tashlangan. Buxoro shahrida avtoulovlar orta boshlagach, ularga xalaqit qilayotgan ikkinchi tabaqa ham sugʻurib olingan va Qorakoʻl zavodi hovlisiga olib borib tashlangan.
Meʼmorchiligi
tahrirNamozgoh darvozasi juda chiroyli koshinlar мф mayolika, terakot ishlatilgan va arkalar qilingan bo‘lib, „guldasta“larning usti oltita gultojlar bilan bezatib bunyod etilgan. Darvoza yuqori qismi o‘n ikkita gultojdan iborat va eski qal’aga tenglashtirib bunyod etilgan. Kishilar shahar ichidagi masjidlarga sig‘maganliklari sababli Ibrohim darvozasidan Namozgoh masjidiga yig‘ilganlar. Namozgoh juda gavjum bo‘lgan. Qoraxoniy hukmdor Arslonxon farmoniga binoan Namozgoh atrofi to‘liq tartibga solingan va bog‘lar barpo etilib, pishiq g‘ishtdan minorali devorlar qurilgan. Namozgoh darvozasi balandligi 11 metru 6 sm, kengligi 13,8 metrga teng qilib qurilgan[3]. Darvoza hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Manbalar
tahrir- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР, 1958 — 145-bet.
- ↑ To'rayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.