Nandular
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nandular, amerika tuyaqushlari (Rheiformes) – koʻkrak tojsuyaksiz qushlar turkumi. Oyoqlari uch barmokli, qanotlari rivojlangan, lekin nandular ucholmaydi. Patlari gʻovak, yaxshi yuguradi va suzadi. 1 oila 2 turi: oddiy nandu (balandligi 170 sm gacha, ogʻirligi 25 kg gacha) va darvin nandusi, yaʼni uzun tumshuqli nandu maʼlum. Janubiy Amerika pampaslari va yarim choʻl hududlarida tarqalgan. Poligam. Tuda boʻlib yashaydi. Toʻdasida 3— 8 ta modasi bitta uyaga 30 ta yoki undan koʻproq tuxum qoʻyib, uni 35—40 kun bosadi, joʻjalarini narlari ergashtirib olib yuradi. N. oʻsimlik barglari, novdalari va mayda umurtqasiz xayvonlar bilan oziqlanadi. Goʻshti va pati uchun koʻp ovlanishi, tuxumlari yigʻib olinishi tufayli soni kamayib ketgan. Asosan, chekka hududlarda saqlanib qolgan. Darvin nandusi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |