Naqibxoʻja madrasasi
Naqibxoʻja madrasasi — Samarqand madrasasi. Naqibxoʻja madrasasi Kattaqoʻrgʻon shahridagi Soʻfi guzarida bunyod etilgan[1]. Madrasada „Miriy“ taxallusi bilan tanilgan shoir Ochildi Maxdum (mulla Ochildi, qozi Ochildi) taʼlim oladi. Mazkur madrasaning hozirgi kunda masjid qismi saqlanib qolgan. Madrasa hujralari shoʻrolar qarovsizligidan buzilib ketgan va masjid binosi omborxonaga aylantirilgan. Tadqiqotchi Abdusattor Jumanazar izlanishlariga koʻra madrasa hijriy 1208-yili (1793—1794) qurilgan va unda Zubaydulloh ibn Qudratulloh ismli mudarris dars oʻtgan. Hozirgi kunda masjid binosi ancha yirik vaayvonini ikki qator eski yogʻoch ustunlar tutib turibdi. Ularning birida arab imlosida yozuvlar mavjud. Bitikda madrasa qurilgani va unda faoliyat yuritgan mudarris nomi yozib qoldirilgan. Abdusattor Jumanazarov fikriga koʻra Naqibxoʻja madrasasi oʻrni keng va masjidi mahobatli boʻlgan. Madrasa katta vaqf mulklariga ega boʻlgan. Dargoh Samarqanddagi 4-oliy toifali madrasa hisoblangan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilib borilgan. Madrasa Kattaqoʻrgʻon tumanida joylashgan boʻlgan va mashhur madrasalardan biri boʻlgan. Rossiya imperiyasi davrida ushbu madrasaning vaqf hujjatlari saqlanib qolgan[2].
Madrasa | |
Naqibxoʻja madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1793—1794-yillar—??? |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Meʼmorchiligi
tahrirNaqibxoʻja madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.