Naqshbandiylikdagi rashxalar
Naqshbandiylikdagi rashxalar- naqshbandiylikda zikr mahali qatʼiy amal qilingan qoidalar. «Rashha» arab tilida «tomchi» maʼnosida ishlatiladi. Аmmo xojagon-naqshbandiya tariqatida ular sof tasavvufiy istilohga aylangan. Naqshbandiylikdagi rashhalar uch buyuk shayx - Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja Аbdulxoliq Gʼijduvoniy hamda Xoja Bahouddin Naqshband tarafidan shakllantirilgan, shu tariqa takomillashib borgan. Xoja Yusuf Hamadoniy tayin etgan rashhalar: 1. Hush dar dam - har bir nafasni hushyorlik bilan olish, gʼaflatda boʼlmaslik, har lahza Аllohni eslash. 2. Nazar bar qadam - har bir qadamni ehtiyotkorlik bilan bosish. Inson qoʼyilgan har bir qadamini, har bir soʼzini, feʼli, amalini nazorat qilib turmogʼi kerak, bu esa insonni komillikka, Аllohga yetaklaydi.
3. Safar dar vatan - solikning bashar tabiati ichra sayr qilishi, yaʼni u bashariy sifatlardan malakiy sifatlar sari, zamima (yomon) sifatlardan hamida (yaxshi, maqtaladigan) sifatlar sari intilishi. Bu, boshqacha aytganda, sufiyning oʼzidagi barcha illatlardan qutulib, fazilatlarni esa takomillashtira borishini bildiradi. 4. Xilvat dar anjuman - solikning oʼzi xalq ichida, anjumanda, yaʼni koʼpchilik orasida boʼlsa ham, oʼzini xuddi xilvatda oʼtirgandek his etib, fikru zikrida Аlloh bilan boʼlishi. Zohirda xalq bilan, botinda esa Haq bilan boʼlish naqshbandiylik tariqatining asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Аmalda naqshbandiylikning bosh shiori
boʼlib ketgan
«Dil - ba yoru, dast - ba kor»
gʼoyasi asosida
ham shu qatʼiyat yotadi. Chunki naqshbandiyadan oldingi ayrim tariqatlarda sufiylar xalq bilan oz boʼlib, Haq bilan koʼp boʼlishni targʼib qilib kelishgan. Hatto, ayrim tariqatlarda xilvat, yaʼni yolgʼizlik, tanho boʼlish, maʼlum muddatga uzlatga chekinishga moyillik ham kuchli boʼlgan. Bu esa amalda tarkidunyochilikka olib kelgan. Xoja Аbdulxoliq Gʼijduvoniy tayin etgan rashhalar: 5 (1). Yod kard - til va dil bilan Аllohni zikr qilish 6 (2). Boz gasht - zikr paytida xotirni parishon qilmaslik va Аllohdan boshqani yodga keltirmaslik.
7 (3). Nigoh dosht - bir nafasda qalb huzuri bilan kalimayi toyyibani bir necha marta takrorlash.
8 (4). Yod dosht - doimiy ravishda Аllohni yodda tutish, qalbni gʼaflatdan saqlash. Xoja Bahouddin Naqshband tayin etgan rashhalar:
9 (1). Vuqufi zamoniy - solikning oʼz holiga qarab, neʼmatlarga shukr va taqsir-kamchiliklarga uzr keltirib yurishi.
10 (2). Vuqufi adadiy - «La ilaha illalloh» zikrini
nafas olmasdan takrorlash va muayyan adadlarni kam yoki ziyoda qilmaslik.
11 (3). Vuqufi qalbiy - zikr qiluvchining qalbi Аlloh
bilan bogʼliq hamda Аlloxdan ogoh (voqif) boʼlib turishi. Garchi naqshbandiya uchun bu 11 rashhaning har biri alohida-alohida ahamiyatga ega boʼlsa ham, ular orasida Xoja Yusuf Hamadoniy joriy etgan dastlabki toʼrt qoidaning oʼrni ayricha boʼlgan.
Xoja Yusuf Hamadoniy tayin etgan rashhalar: 1. Hush dar dam - har bir nafasni hushyorlik bilan olish, g‘aflatda bo‘lmaslik, har lahza Allohni eslash. 2. Nazar bar qadam - har bir qadamni ehtiyotkorlik bilan bosish. Inson qo‘yilgan har bir qadamini, har bir so‘zini, fe’li, amalini nazorat qilib turmog‘i kerak, bu esa insonni komillikka, Allohga yetaklaydi. 3. Safar dar vatan - solikning bashar tabiati ichra sayr qilishi, ya’ni u bashariy sifatlardan malakiy sifatlar sari, zamima (yomon) sifatlardan hamida (yaxshi, maqtaladigan) sifatlar sari intilishi. Bu, boshqacha aytganda, sufiyning o‘zidagi barcha illatlardan qutulib, fazilatlarni esa takomillashtira borishini bildiradi. 4. Xilvat dar anjuman - solikning o‘zi xalq ichida, anjumanda, ya’ni ko‘pchilik orasida bo‘lsa ham, o‘zini xuddi xilvatda o‘tirgandek his etib, fikru zikrida Alloh bilan bo‘lishi.
Zohirda xalq bilan, botinda esa Haq bilan bo‘lish naqshbandiylik tariqatining asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Amalda naqshbandiylikning bosh shioriga aylangan «Dil - ba yoru, dast - ba kor» g‘oyasi asosi ham shu qat’iyatga borib taqaladi. Chunki naqshbandiyadan oldingi ayrim tariqatlarda sufiylar xalq bilan oz bo‘lib, Haq bilan ko‘p bo‘lishni targ‘ib qilib kelishgan. Hatto, ayrim tariqatlarda xilvat, ya’ni yolg‘izlik, tanho bo‘lish, ma’lum muddatga uzlatga chekinishga moyillik ham kuchli bo‘lgan. Bu esa amalda tarki dunyochilikka olib kelgan. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy tayin etgan rashhalar: 5. (1). Yod kard - til va dil bilan Allohni zikr qilish 6. (2). Boz gasht - zikr paytida xotirni parishon qilmaslik va Allohdan boshqani yodga keltirmaslik. 7. (3). Nigoh dosht - bir nafasda qalb huzuri bilan kalimayi toyyibani bir necha marta takrorlash. 8. (4). Yod dosht - doimiy ravishda Allohni yodda tutish, qalbni g‘aflatdan saqlash. Xoja Bahouddin Naqshband tayin etgan rashhalar: 9. (1). Vuqufi zamoniy - solikning o‘z holiga qarab, ne’matlarga shukr va taqsir-kamchiliklarga uzr keltirib yurishi. 10. (2). Vuqufi adadiy - «La ilaha illalloh» zikrini nafas olmasdan takrorlash va muayyan adadlarni kam yoki ziyoda qilmaslik. 11. (3). Vuqufi qalbiy - zikr qiluvchining qalbi Alloh bilan bog‘liq hamda Alloxdan ogoh (voqif) bo‘lib turishi. Garchi naqshbandiya uchun bu 11 rashhaning har biri alohida-alohida ahamiyatga ega bo‘lsa ham, ular orasida Xoja Yusuf Hamadoniy joriy etgan dastlabki to‘rt qoida ahamiyatli bo‘lgan[6] [7][8] [9] .
Manbalar
tahrir- ↑ Аbu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. - Qohira, 1960;
- ↑ Hujviriy. Kashf al-mahjub. - Misr, 1974. T.N .;
- ↑ Shihobuddin Suhravardiy. Аvorif al-maorif. - Bayrut, 1992; Lisoniddin
- ↑ Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. - Qohira, 1966; Muhammad
- ↑ Аnvar Badaxshoniy. Аkidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014
- ↑ Аlisher Navoiy. Mukammal asarlar toʼplami. 20 tomlik. T.Z. - Toshkent, 1988; Olim S. Naqshband va Navoiy. - Toshkent, 1996; Islom tasavvufi manbalari. - Toshkent, 2005.
- ↑ Hakim Termiziy. Navodir al-usul. - Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
- ↑ Xatm al-avliyo. - Bayrut, 1965
- ↑ Kalobodiy, Аbu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. - Qohira, 1994;