Narzulla Jo‘rayev (1952-yil 20-noyabr; Buxoro tumani O'zbekiston SSR) — o‘zbek siyosatshunosi, jamiyatshunosi, tarixchisi va faylasufi[1]. Siyosiy fanlar doktori, professor, akademik[2][3][4]. O‘zbekiston davlat va jamoat arbobi[5]. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri. Maʼlumoti bo‘yicha jurnalist[6]. 19711977-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida o‘qigan.    

Nazrulla Joʻrayev
Tavalludi 20-noyabr 1952-yil (1952-11-20) (72 yosh)
Buxoro viloyati, Buxoro tumani
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sohasi Siyosatshunos
jamiyatshunos
tarixchi
faylasuf
Ish joylari

O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi, referent;
O‘zteleradio qo‘mitasi, muharrir;
Sovet O‘zbekistoni gazetasi katta muxbiri;
Muloqot jurnalining maʼsul kotibi, Bosh muharrir o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, ekspert, yetakchi konsultant
Prezidentning Davlat maslahatchisi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qo‘mita raisi;

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, kafedra mudiri.
Ilmiy darajasi Siyosiy fanlar doktori
professor
Mashhur ishlari "SUPPLICATION, IMAGINATION, THOUGHT". LAP LAMBERT Academic Publishing RU. Germaniya. Bonn. 2017. (Ingliz tilida)
"PHILOSOPHY OF SUFFERING". BOOK Publisher International. India & United Kingdom. 2020. (Ingliz tilida)
"SO SAGTE NIETZSCHE". Mensch und Leben. Das Denken und die Philosophie von Friedrich Nietzsche. Publisher: Verlag Unser Wissen. 2021. (Nemis tilida)
"COSÌ DISSE NIETZSCHE". Lʼuomo e la vita. Il pensiero e la filosofia di Friedrich Nietzsche. Publisher: Edizioni Sapienza. 2021. (Italyan tilida)
Turmush oʻrtogʻi Vohidova Sanobar

Mehnat faoliyati

tahrir

19711974-yillar Glav Tashkentstroyning 9-temirbeton buyumlari zavodida ishlagan. 19751985-yillar O‘zbekiston televideniye va radioeshittirish davlat qo‘mitasida muharrir, katta muharrir bo‘lib ishlagan. 19851990-yillar „Sovet O‘zbekistoni“ gazetasida katta muxbir, 19901993-yillar „Muloqot“ jurnalida Bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 19932000-yillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida ekspert, yetakchi konsultant, Prezidentning davlat masahatchisi. 19962004-yili O‘zbektson Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2001 — 2004-yillar O‘zbektson Oliy Majlisi fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida faoliyat olib borgan. 2005-yildan hozirgacha O‘zDJTUning kafedra mudiri.

Oilasi

tahrir

Otasi — Jo‘rayev Qosim, 1905-yil Buxoro viloyati, Buxoro tumanida tugʻilgan. 1979-yili vafot etgan. Buxoro tumanida shirkat ishchisi boʻlgan.

Onasi — Isomova Hanifa, 1927-yil Buxoro viloyati, Buxoro tumanida tugʻilgan. 1985-yili vafot etgan. Uy bekasi.

Turmush o‘rtog‘i — Vohidova Sanobar, 1958 yil Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tugʻilgan. 2019-yilda vafot etgan.

Qizi — Jo‘rayeva Shohina, 1989-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. O‘zDJTU doktoranti.

O‘g‘li — Jo‘rayev Bobur 1995-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida ishlab keladi.

Manbalar

tahrir