Axmat Narzulloyev
Ushbu sahifani Ahmad Narzullayev bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Axmat Imidovich Narzulloyev (1956.15.3, Surxondaryo viloyati Denov tumani) — muhandis-texnolog, Oʻzbekiston Qahramoni (2003). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1979). Mehnat faoliyatini 1979-yildan Sariosiyo tumanidagi Shargʻun gʻisht zavodida katta ustalikdan boshlagan. 1981—1986 yillarda shu zavod direktori, Denov eksperimental ishlab chiqarish korxonasi direktor oʻrinbosari (1986—90), 1991-yildan Denov tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan "Lochin" fermer xoʻjaligi boshligʻi. Yaylovlari 100 gektar bulgan fermer xoʻjaligida 2000—2003-yillarda koramollar soni 1100 boshdan 1800 boshga yetkazildi. Goʻsht va sut yetishtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shuningdek, xoʻjalikda zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan molxonalar, sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar qurildi. 2000-yilda rentabellik darajasi 63%ni, 2003-yilda 175%ni tashil etdi. Axmat Narzulloyev tashabbusi va koʻmagi bilan hududda bolalar sporti majmualari, zamonaviy vrachlik punktlari va kichik korxonalar qurilishi, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam kabi xayrli ishlar amalga oshiriddi. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2001)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |