Nasim Rajab (1935-yil 8-avgust, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – yozuvchi, „SSSR maorifi aʼlochisi“ mukofoti, „Tojikiston madaniyati aʼlochisi“ mukofoti hamda „Matbuot aʼlochisi“ mukofotlari sohibi.

Nasim Rajab
Tavalludi 8-avgust, 1935-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston

Biografiyasi tahrir

Nasim Rajab 1935-yil 8-avgust kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1960-yili Samarqand davlat universitetining tojik filologiyasi fakultetini tamomlaydi. Shu yili Dushanbe shahriga koʻchib kelib, „Anboz“ gazetasida faoliyatini boshlagan[1]. U aholining muammolarini ushbu gazetada muntazam ravishda yoritib bordi. Shuningdek, koʻplab maqolalari tojik ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan.

Ijodi tahrir

Nasim Rajabning ilk kitobi 1987-yilda „Kundalik“ nomi ostida chop etiladi. Ushbu kitobida oʻsmirlarning hayoti va taʼlim olishi haqida soʻz boradi. Uning maktab oʻquvchilariga moʻljallangan „Muzqaymoqqa jonim fido“, „Koʻcha muallimi“, „Kutilmagan yangilik“, „Yahudiy qizning sevgisi“ va „Bobomning sirlari“ kitobi nashr etildi. U bir qancha dramalar muallifidir. 1970-yilda yozilgan „Temirchining oʻlimi“ dramasi, 1987-yilda yozilgan „Yozilishi kerak boʻlgan“ dramasi hamda 1988-yilda yozilgan „Fara va Zira“ dramalari shular jumlasidan. Nasim Rajab 1993-yil Tojikiston yozuvchilar uyushmasi bolalar va oʻsmirlar kengashi tomonidan davlat mukofoti bilan taqdirlangan[2].

Mukofotlari tahrir

Nasim Rajab 1974-yil „SSSR maorifi aʼlochisi“ unvoniga ega boʻldi. 1990-yilda „Tojikiston madaniyati aʼlochisi“ mukofotiga ega boʻldi. 2006-yilda „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan. Nasim Rajab 2010-yil Tojikiston yozuvchilar uyushmasining „Soʻz“ nomli davlat mukofotiga sazovor boʻldi. 2013-yil esa Sadriddin Ayniy nomidagi davlat mukofoti bilan mukofotlandi.

Manbalar tahrir