Natalya Derjavina
Natalya Vladimirovna Derjavina (1942-yil 1-oktabr, Toshkent — 2002-yil 10-mart, Moskva) — S. V. Obrazsov nomidagi qo‘g‘irchoq teatri aktrisasi, „Xayrli tun, bolalar!“ dasturida Xryushaga ovoz berib o‘ynatgan, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist(1995), „TEFI“ mukofoti laureati (1997)[1].
Natalya Derjavina | |
---|---|
Tugʻilgandagi ismi | Natalya Vladimirovna Derjavina |
Tugʻilgan sanasi | 1-oktyabr 1942 |
Tugʻilgan joyi | Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR |
Vafot sanasi | 10-mart 2002 (59 yosh) |
Vafot joyi | Моskva, Rоssiya |
Fuqaroligi |
SSSR Rossiya |
Kasbi | aktrissa, qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi |
Mukofotlari | TEFI |
IMDb | ID 4984 |
Biografiyasi
tahrirNatalya Derjavina 1942-yil 1-oktabrda oilasi evakuatsiya qilingan Toshkent shahrida tug‘ilgan[2]. 17 yoshida Natalya Moskva qo‘g‘irchoq teatriga qabul qilingan, u yerda 1959-yildan 1968-yilgacha hamda 1974-yildan 1990-yilgacha ishlagan[2]. 1971-yilda Xryusha rolini olgan. Ushbu rol uchun Derjavina Sergey Obrazsovning qo‘g‘irchoq teatrini tark etishga majbur bo‘lgan. Aktrisaning ikki o‘g‘il farzandi bo‘lgan[3].
Kasallik va oʻlim
tahrirNatalya Derjavina hayotining so‘nggi oyida kasallik tufayli o‘z qahramoniga ovoz bera olmagan. O‘limidan biroz oldin aktrissa og‘ir ahvolda Moskvadagi 20-shahar kasalxonasiga yotqizilgan. Aktrisaning oyog‘ida katta yiringli yara bo‘lgan, shoshilinch operatsiya qilish lozim bo‘lgan. Biroq, shifokorlar aytganidek, intoksikatsiya va zaif yurak o‘limga olib kelgan[4].
Natalya Derjavina 2002-yil 10-martdan 11-martga o‘tar kechasi 60 yoshida Moskvada vafot etgan. Dolgoprudnenskiy qabristoniga dafn etilgan (№ 141a uchastka)[5].
Mukofotlari
tahrirYana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „«Спокойной ночи, малыши!» могут остаться без Хрюши“. 2007-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „В Москве скончалась актриса Наталья Державина“. 2003-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-oktyabr.
- ↑ „«мама» хрюши наталья державина: «в трудную минуту поросенок всегда говорит мне свою любимую фразу: «да не горюй, наталья, прорвемся!.. » - «ФАКТЫ»“. 2017-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-noyabr.
- ↑ „Скончалась Наталья Державина — голос Хрюши в «Спокойной ночи, малыши!»“. Лента.ру (2002-yil 12-mart). 2022-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ „Державина Наталья Владимировна (1942—2002)“. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
Adabiyot
tahrir- Сергей Капков. Энциклопедия отечественной мультипликации, 3000 экз, М.: Алгоритм, 2006 — 237—238-bet. ISBN 5-9265-0319-4.