Natura
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Natura (lotincha natura — tabiat) — 1) inson harakteri mijozi, axloqi; 2) pul oʻrniga toʻlangan mol, mahsulot (qarang Ayirboshlash); 3) (tasviriy sanʼatda) rassom tomonidan tasvirlash uchun tanlangan voqelikdagi real obʼyektlar (tabiat koʻrinishi, odam, xayvon, buyum va hokazo). N. tanlash, kuzatish hamda uning talqinida ijodkorning gʻoyaviy-estetik qarashlari, maq-sadi namoyon boʻladi. Realistik tasviriy sanʼat asoslarini egallashda N. asosiy manba hisoblanadi. N.ni kuzatish, uning tuzilishi va rasmini chizish orqali ras-som, haykaltarosh, meʼmor hayotni chuqurroq anglab, dunyoviy bilimlari kengayib, fazoviy tasavvuri ortib boradi. N.dan ijodkor bevosita xayotiy chizgilar ishlashi, ularning etyud, eskizlari — xomaki rasmlar (koʻpincha manzara, portret, natyurmort va mavzuli kompozitsiyalar) yaratishi mumkin.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |