Navaf bin Faysal Al Saud (arabcha: نواف بن فيصل آل سعود) (1978-yil 1-aprelda tugʻilgan) Saudiya Arabistoni hukumati amaldorlari biri boʻlib, 2011—2013-yillarda Saudiya Arabistoni Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Yoshlar farovonligi boʻyicha sobiq prezident lavozimida ishlagan[1][2][3]. Saud xonadoni aʼzosi, u qirol Fahd va shahzoda Sulton bin Abdulazizning nabirasi.

Navaf bin Faysal Al Saud
Saudiya Arabistoni Olimpiya qoʻmitasi prezidenti
lavozimdagi davri 2011-yil yanvarda – 2013-yil iyulgacha
Oʻtmishdoshi Sultan bin Fahd Al Saud
Davomchisi Abdullah bin Musaid Al Saud
Tugʻilishi 1978-yil 1-aprel
Saudiya Arabistoni Riyod shahri
Sulola Saudlar sulolasi
Otasi Faisal bin Fahd
Onasi Munira bint Sultan bin Abdulaziz
Dini Islom sunniylik
Kasbi Saudiya Arabistoni Olimpiya qoʻmitasi prezidenti

Yoshligi va taʼlim

tahrir

Navaf 1978-yil 1-aprelda tugʻilgan[4]. U shahzoda Faysal bin Fahdning toʻngʻich oʻgʻli, faysalning oʻzi ham qirol Fahdning toʻngʻich oʻgʻli. Uning onasi malika Munira bint Sulton[5] qirol Fahdning ukasi Sulton bin Abdulazizning qizi. OnasiMalika Munira 2011-yil iyun oyida 59 yoshida vafot etdi[6].

Navaf Qirol Saud universitetining maʼmuriy fanlar fakultetida huquqshunoslik bakalavr darajasiga ega. Bu taʼlim muassasasini1998-yilda tamomlagan[7].

Faoliyati

tahrir

Navaf bin Faysal avval Saudiya yoshlar yotoqxonalari jamiyati vitse-prezidenti boʻlgan. Soʻng 2012-yilning 1-martida isteʼfoga chiqqunga qadar Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti boʻlgan. U milliy terma jamoa JCh 2014 saralash bosqichidan muddatidan oldin chiqib ketganidan keyin oʻz lavozimini tark etganini tasdiqladi[8]. U 2002-yilda XOQga saylangan, biroq 2014-yilda Saudiya Arabistoni Olimpiya qoʻmitasi prezidentligidan ketganidan keyin isteʼfoga chiqqan[9].

Keyinchalik Yoshlar farovonligi boʻyicha prezident oʻrinbosari lavozimida ishlagan[10]. Soʻng u yoshlar farovonligi boʻyicha bosh prezident etib tayinlandi va amakisi Sulton bin Fahdning oʻrniga keldi[11]. Shahzoda Navafning vakolat muddati 2013-yil iyun oyida yoshlar farovonligi prezidenti sifatida tugadi va uning oʻrniga Abdulla bin Musaid Al Saud keldi[3].

U, shuningdek, Saudiya Arabistoni Olimpiya qoʻmitasining sobiq prezidenti[9][12], Arab Milliy Olimpiya Qoʻmitalari Federatsiyasi prezidenti[5] va Arab Futbol Assotsiatsiyalari Ittifoqining (Pan-Arab Futbol Federatsiyasi) ijrochi prezidenti[13] boʻlib ham ishlagan. U, shuningdek, Monakoda joylashgan xalqaro tashkilotda Tinchlik va sport elchisi boʻlib ishlagan, sport orqali dunyoda tinchlikka xizmat qilishga intilgan[14].

Valiahd shahzoda bilan ziddiyatlar

tahrir
 
Shahzoda Muhmmad bin Naif ibn Abdulaziz

"Al Hayat " gazetasiga koʻra, valiahd shahzoda Nayif bin Abdulaziz 2012-yil aprel oyida ayollar Islom qonunlariga zid boʻlmagan kiyimda va faoliyatlarda Londondagi Olimpiadada Saudiya Arabistoni vakili boʻlishlari mumkinligini aytgan. Garchi bu imtiyoz hayratlanarli boʻlsa ham, unga koʻra „ayollar odob-axloq meʼyorlariga javob beradigan va islom qonunlariga zid boʻlmagan“ sport turlari boʻyicha musobaqalarda qatnashishi shart edi.

Ammo oradan bir necha kun oʻtib Saudiya olimpiya qoʻmitasi rahbari Navaf bin Faysal ayol sportchilarni London Olimpiadasiga yuborishni ochiqchasiga rad etdi. „Biz hozirda Saudiya Arabistoni ayollarining Olimpiya oʻyinlari yoki boshqa xalqaro chempionatlarda ishtirok etishini maʼqullamaymiz“, dedi u Jiddadagi matbuot anjumanida. Navvofning qoʻshimcha qilishicha, „saudiyalik ayollar mustaqil ravishda qatnashishlari mumkin va qirollik Olimpiya oʻyinlarida ayollarning ishtiroki Islom shariati qonunlariga zid kelmasligiga yordam beradi“. Garchi u bu ilgari aytilgan pozitsiyaga mos kelishini taʼkidlagan boʻlsa-da, bu shahzoda Nayifga ochiqcha qarshilik boʻlib tuyuldi[15].

Arab yoshlar va sport vazirlari 2012-yil 4-aprelda sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasiga kompaniyaning oʻtgan oy boʻlib oʻtgan Quddus marafoniga homiylik qilgani uchun boykot eʼlon qilishdi. „Quddus marafoniga homiylik qilgan barcha kompaniyalar, jumladan Adidas ham boykot qilinadi“, dedi Jiddadagi yigʻilishdan keyin arab yoshlari va sport vazirlari kengashi raisi Navaf bin Faysal. Uning soʻzlariga koʻra, vazirlar kelgusi yil Quddusda har yili oʻtkaziladigan tadbirga mos ravishda alohida marafon tashkil etishga ham kelishib olishgan[16].

Manbalar

tahrir
  1. Should Saudi Arabia be Banned from the Olympics?
  2. „HRH Prince Nawaf Faisal Fahd Abdulaziz stands down as IOC member“. Olympic.org. Qaraldi: 14-iyul 2014-yil.
  3. 3,0 3,1 „Saudi Arabia appoints new Youth Welfare president“. Al Arabiya (26-iyun 2014-yil). Qaraldi: 14-iyul 2014-yil.
  4. „HRH Prince Nawaf Faisal Fahd Abdulaziz“. Olympic Organization. Qaraldi: 11-may 2012-yil.
  5. 5,0 5,1 „Prince Sattam performs funerary prayers over the deceased“. Ain Alyaqeen (17-iyun 2011-yil). Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  6. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named alyaqeen 17611
  7. „HRH Prince Nawaf Faisal Fahd Abdulaziz“. Olympic Organization. Qaraldi: 11-may 2012-yil.„HRH Prince Nawaf Faisal Fahd Abdulaziz“. Olympic Organization. Retrieved 11 May 2012.
  8. Ben Somerford. „Saudi Arabia FA president leads departures after early 2014 World Cup qualifying exit“. Goal (1-mart 2012-yil). Qaraldi: 2-aprel 2013-yil.
  9. 9,0 9,1 „HRH Prince Nawaf Faisal Fahd Abdulaziz stands down as IOC member“. Olympic.org. Qaraldi: 14-iyul 2014-yil.„HRH Prince Nawaf Faisal Fahd Abdulaziz stands down as IOC member“. Olympic.org. Retrieved 14 July 2014.
  10. „Extensions of ministerial tenure“. Samirad (30-aprel 2003-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-aprel 2013-yil.
  11. „Nawaf is new head of Youth Welfare“. Arab News (15-yanvar 2011-yil).
  12. „The Saudi Arabian football federation“. 20-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2011-yil.
  13. „تنصيب الأمير نواف بن فيصل رئيسا للاتحاد العربي“. Al Yaum. دار اليوم (7-mart 2011-yil). 5-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2011-yil.
  14. Peace and Sport
  15. Kapoor. „Nayif's Return - A Lame Duck Crown Prince?“. Datarabia. Qaraldi: 12-aprel 2012-yil.
  16. „Arab sports council boycotts Adidas over Jerusalem event“. Ten Sport (5-aprel 2012-yil). Qaraldi: 1-iyun 2012-yil.

Havolalar

tahrir
  • Media related to Nawaf bin Faisal at Wikimedia Commons

Saudiya Arabistoni Olimpiya qoʻmitasi prezidentligi

tahrir
Oʻtmishdoshi:
Sultan bin Fahd Al Saud
Saudiya Arabistoni Olimpiya qoʻmitasi prezidenti
2011-yil 3-oktabr – 2014 4-dekabr
Vorisi:
Abdullah bin Musaid Al Saud