Navfal ibn Xuvaylid
Navfal ibn Xuvaylid ibn Asad – Islom paygʻambari Muhammad bilan muloqot qilgan musulmon boʻlmagan shaxlar biri.
Biografiyasi
tahrirNavfal ibn Xuvaylid ib Asadning otasi Xuvaylid ibn Asad Xadicha bint Xuvaylidning ota tomonidan akasi edi. Onasi „Al-Adaviyya“ nomi bilan mashhur boʻlgan Xuzaa qabilasining Adiy urugʻidan boʻlgan[1].
Navfal ibn Xuvaylid Qurayshning asosiy kishilaridan biri edi[2]. U „Quraysh arsloni“ laqabi bilan tanilgan boʻlib, jismoniy quvvati va jasurligi bilan qabila aʼzolari orasida juda mashhur boʻlgan[3].
Navfal ibn Xuvaylidning oʻgʻli al-Asvad islomni erta qabul qilib, 616-yilda Habashistonga hijratga joʻnayotganlar safiga qoʻshilgan[4]. Biroq Navfal ibn Xuvaylidning oʻzi Muhammadga qarshi chiqadi va bu qilmishi bilan „Quraysh shaytoni“ nomi bilan taniladi[5]. Navfal ibn Xuvaylid bir paytlar Abu Bakr Siddiq va Talha ibn Ubaydullohni bir-biriga arqon bilan bogʻlab qoʻyganligi[6][7] sababli ham bu ikkisi „al-Qarineyn“ – „ikkisi bir-biriga bogʻlangan“ degan nom olgan edi[3].
Oʻlimi
tahrirAyrim manbalarda 624-yili Badr jangida Navfal ibn Xuvaylid Muhammadning kuyovi Ali tomonidan oʻldirilgan deyilsa[2], boshqa bir rivoyatga koʻra, u jangda oʻz jiyani Zubayr ibn Avvom tomonidan oʻldirilganligi aytiladi[8].
Manbalar
tahrir- ↑ Muhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah; translated by Alfred Guillaume (1955). The Life of Muhammad, p. 337. London: Oxford University Press.
- ↑ 2,0 2,1 Guillaume/Ishaq p. 337.
- ↑ 3,0 3,1 How Noble Men Were Persecuted
- ↑ Guillaume/Ishaq p. 147.
- ↑ Guillaume/Ishaq pp. 127-128.
- ↑ Guillaume/Ishaq pp. 127-128, 337.
- ↑ MSA West Compendium of Muslim Texts
- ↑ al-Misri (2015, s. Zubayr ibn Awwam chapter)