Xadicha bint Xuvaylid

Xadicha binti Xuvaylid (555/556— 619/620) (arabcha: خديجة بنت خويلد) — Muhammad paygʻambarning birinchi xotini. U beva qolgan boy xotin boʻlgan. Muhammad avval Xadichaning savdo ishlarini boshqargan, keyinchalik unga uylanib, uning mablagʻlari bilan savdogarlik qilgan. Xadicha Muhammadga koʻp gʻamxoʻrlik va mehribonlik koʻrsatgan. Muhammadning paygʻambarligiga birinchi boʻlib ishongan va Islomni qabul qilgan. U Muhammad solollohu alayhi vasalam dan toʻrt qiz, uch oʻgʻil koʻrgan. Avvalgi ikki turmushidan ikki oʻgʻil, bir qiz koʻrgan, lekin ular haqida maʼlumot uchramaydi.[1]

ManbalarTahrirlash