Navruz Ismoil oʻgʻli Mammadov (ozarbayjoncha: Novruz İsmayıl oğlu Məmmədov; 15-mart 1947) – Ozarbayjon davlat arbobi, 2018-2019-yillarda bosh vazir, 1997-2018-yillarda tashqi ishlar masalalari boʻyicha Prezident maslahatchisi[1][2][3]. 2019-yildan Ozarbayjon tillar universiteti prorektori[4].

Navruz Mammadov
Novruz Məmmədov
Ozarbayjon Bosh vaziri
Mansab davri
2018-yil 21-apreldan – 2019-yil 7-oktyabrgacha
Prezident Ilhom Aliyev
Oʻtmishdoshi Artur Rosizoda
Vorisi Ali Asadov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-mart 1947-yil (1947-03-15) (77 yosh)
Bobek
Siyosiy partiyasi Yangi Ozarbayjon
Mukofotlari Faxriy legion ordeni

Biografiya tahrir

Navruz Ismoil oʻgʻli Mamedov 1947-yil 15-martda Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Naxichevan tumani, Shihmahmud qishlogʻida tugʻilgan. 1964-yilda maktabni tugatgach, Ozarbayjon tillar universiteti Yevropa tillari fakultetining fransuz tili boʻlimiga oʻqishga kirdi. 1967-1968-yillarda Jazoirda, 1971-1973-yillarda Gvineyada, 1978-1981-yillarda yana Jazoirda tarjimon va katta tarjimon lavozimlarida ishlagan. 1991-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan Novruz Mamedov filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1992-1993-yillarda Ozarbayjon chet tillar pedagogika institutining tayyorgarlik fakulteti dekani, 1993-1997-yillarda esa fransuz tili fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan. 1997-yil 12-aprelda Ozarbayjon Prezidenti Administratsiyasi tashqi aloqalar boʻlimi mudiri lavozimiga tayinlandi.

2002-yil yanvar oyida Ozarbayjon Prezidentining farmoni bilan unga Favqulodda va Muxtor Elchi unvoni berilgan. 2005-yil sentabridan – YUNESKO ishlari boʻyicha Ozarbayjon Milliy komissiyasining aʼzosi.

2017-yil 1-iyundan Ozarbayjon Prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha yordamchisi – boʻlim boshligʻi. 2018-yil 21-aprelda Ozarbayjon Milliy Majlisi Ozarbayjon Bosh vaziri lavozimiga Novruz Mammadov nomzodini tasdiqladi[5]. 2018-yil 21-aprelda Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Novruz Mammadov Bosh vazir etib tayinlandi[6]. 2019-yil 8-oktyabrda Bosh vazir lavozimidan isteʼfoga chiqdi[7].

2019-yil 19-noyabr kuni Ozarbayjon Tillar universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori etib tayinlandi[8].

Fransuz, rus, ingliz va turk tillarini yaxshi biladi.

Mukofotlari tahrir

1998-yilda Ozarbayjon-Fransiya doʻstlik aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun Novruz Mammadov Fransiya Prezidenti Jak Shirak tomonidan „Faxriy legion“ ordeni bilan taqdirlangan.

2007-yilda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev farmoni bilan Novruz Mamedov „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan[9].

2009-yilda Ozarbayjon-Polsha munosabatlarini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Polsha Prezidenti Lex Kachinski tomonidan Polsha Respublikasining xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

2017-yil 13-martda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan „Sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan[10].

2019-yil 29-iyulda Fransiya Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ofitser darajasidagi Faxriy legioni ordeni bilan taqdirlangan[11].

Manbalar tahrir

  1. „Official web-site of President of Azerbaijan Republic - ADMINISTRATION » Structure“. en.president.az. Qaraldi: 2018-yil 3-mart.
  2. https://m.kun.uz/news/2019/10/08/ozarboyjon-bosh-vaziri-istefoga-chiqdi
  3. „Премьер-министр Азербайджана написал заявление об уходе с должности“ (ru). Sputnik Азербайджан. 2019-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-oktyabr.
  4. 1news. „Новруз Мамедов назначен на новую должность“. 1news.az. 2019-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
  5. „Милли Меджлис дал согласие на назначение Новруза Мамедова на должность премьер-министра Азербайджана“. 2018-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  6. „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики о назначении Новруза Mамедова Премьер-министром Азербайджанской Республики“. 2019-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  7. „Премьер-министр Азербайджана написал заявление об уходе с должности“ (ru). Sputnik Азербайджан. 2019-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-oktyabr.
  8. 1news. „Новруз Мамедов назначен на новую должность“. 1news.az. 2019-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
  9. „Новруз Мамедов награжден орденом «Шохрат»“. 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  10. „Новруз Мамедов награжден орденом "Шараф"“. 2018-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  11. „Премьер-министр Новруз Мамедов награжден орденом Почетного легиона Франции“ (ru). azertag.az. 2019-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.