Nazim Osmanov
Nazim Seytxalilovich Osmanov (ruscha: Назим Сейтхалилович Османов ; 1939-yil 28-aprel — 1985-yil 7-sentyabr) — Muborak Kommunistik partiya qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati. 1939-yilda Qorasuvbozorda tugʻilgan, keyinchalik, 1944-yilda qrim-tatar bo‘lgani uchun deportatsiya qilingan. Oʻzbekiston SSRda surgunda o‘sgan. Dastlab Shahrisabzda agronom boʻlib ishlagan.
1968-yilda Kommunistik partiyaga aʼzo boʻlib, Muborak hududi loyihasini qoʻllab-quvvatlash uchun Muborak shahriga koʻchib oʻtgan, soʻng, oʻzining siyosiy faoliyatini boshlangan.
Muborakda tuman ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, soʻngra 1980-yilning noyabr oyida Muborak tuman partiya qoʻmitasining birinchi kotibi boʻladi. 1985-yilning avgust oyida shahar partiya qo‘mitasiga koʻchiriladi[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ Gazeta „Lenin bayragʼi“ ot 10 sentyabrya 1985 goda
- ↑ Cherkez Ali. Sonʼsuz izanlar // Dostlukʼ meshʼali: Ocherkler. — Tashkent : Gʼafar Gʼulam adina edebiyat ve sanaat neshriyati, 1984.— S. 41-63.